OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Tabiat hodisalari

Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas.
(Osmon)

Ko‘k kosani to‘ntardim.
(Osmon)

Ko‘k ko‘ylakka g‘o‘za yoydim.
(Osmop, yulduzlar)

Oppoq sandiq ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Osmon, quyosh)

Uzoq tog‘da o‘t yonar.
(Quyosh)

Suvda yotar — suv ichmas,
Yurganini odam bilmas.
(Quyosh)

Oltin kelganda, kumush ketar,
Kumush kelganda, oltin ketar.
(Quyosh, Oy)

Bir parcha patir,
Olamga tatir.
(Oy)

Kecha tomda bir patir ko‘rdim,
Erta qarasam — yo‘q.
(Oy)

Tom ustida bir anor,
Hadding bo‘lsa, ushlab ol.
(Oy)

Onasi bitta.
Bolasi mingta.
(Oy va yulduzlar)

Kechasi uchakka jo‘xori sepdim,
Azonda qarasam yitibdi.
(Osmon, yulduzlar)

Mildir-mildir munchoq,
Erta tursam biri yo‘q.
(Osmon, yulduzlar)

Og‘a-ini ming botir,
Ko‘m-ko‘k gilamda yotir.
(Osmon, yulduzlar)

Qora uyda ming chiroq,
Uyni yoritmas.
(Osmon, yulduzlar)

Kichkinadir o‘zi,
Yiltir-yiltir ko‘zi.
(Yulduz)

Bir otasi, bir onasi,
Necha yuz ming bolasi.
(Quyosh, oy, yulduzlar)

Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko‘taray desam, og‘ir gilam.
(Yer)

Bir palosim bor,
Hech yig‘olmayman.
(Yer)

Yedirib, yedirib, o‘zi yer.
(Yer)

Qishda yaxlamaydi,
Yozda yaxlaydi.
(Sho‘r yer)

Oyim ko‘rpa berdi, ko‘tarmadim,
Dadam pul berdi, sanamadim.
(Yer va yulduzlar)

Og‘ir gilamni qoqolmadim,
Mayda toshni terolmadim.
(Yer va yulduzlar)

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv, ariq)

O‘yib oldim,
Izi yo‘q.
(Suv)

Qilich urdim,
O‘rni yo‘q.
(Suv)

Uzun terak,
Soyasi yo‘q.
(Suv)

Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar,
Qoshginasi qaltirab,
Ko‘zginasi yaltirab.
(Suv, ariq)

Otasi egri-bugri,
Onasi silliq juvon,
O‘g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
(Ariq, suv, baqa, baliq)

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin-yozin tinmaydi.
(Buloq)

Jonon kosa, ko‘zi o‘ynar,
Sochlari jilva-jilva.
(Buloq)

Ko‘zga ko‘rinmas,
Qo‘lga tutilmas.
(Havo)

Oyog‘i yo‘q, qochadi,
Qanoti yo‘q, uchadi.
(Bulut)

Qora biyam qalt etdi,
Qovurg‘asi yalt etdi.
(Bulut, yashin)

Ship etdi,
Shivirg‘on ketdi.
(Yashin)

Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo‘yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg‘alari yarq etdi.
(Yashin)

Yorug‘i bor,
O‘zi yo‘q,
Dovrug‘i bor,
Ovozi bor.
(Yashin, momaqaldiroq)

Novcha yigit tom teshar.
(Yomg‘ir)

Saman otim soy yoqalab keladi.
(Sel)

Qora tuyam qochyapti,
Qumalog‘in sochyapti.
(Bulut, do‘l)

Tomdan tuxum irg‘itdim.
(Do‘l)

Gilam ustida oq bodroq.
(Do‘l)

Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)

Oq tovuq,
Katagi sovuq.
(Qor)

Oqqina tovuq xirmon sochar.
(Qor)

Oq sigir turib ketdi,
Qora sigir yotib qoldi.
(Qor, yer)

Qo‘lsiz, oyoqsiz gul soladi.
(Sovuq, deraza qirovi)

Bostirdim ikki tovuq,
Biri issiq, biri sovuk,
(Qish, yoz)

Ariqdan oyna oldim.
(Muz)

Oqsoq jo‘ja yer qazir.
(Tomchi)

Tumshuqsiz chumchuq muz teshar.
(Tomchi)

Jingila sichqon yer qazir.
(Tomchi)

Chiq-chiq etdi,
Uydan chiq, dedi.
(Chakka o‘tishi)

Qo‘lim bilan ushlay olmayman,
Cho‘ntagimga sola olmayman.
(Tuman)

Igna uchi yaltiroq.
(Shudripg)

Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)

So‘ramay-netmay eshik ochar.
(Shamol)

Suvsiz cho‘lda tozi o‘ynar.
(Quyun)

Tebranadi, joni yo‘q.
(Zilzila)

Bundan otgan qilichim,
Zangar borib ochildi.
(Tong yorishi)

Bir palakda o‘n ikki xamak.
(Yil, o‘n ikki oy)

Bir lochin o‘n ikki tuxum tug‘di.
(Yil, o‘n ikki oy)

Bir yaproqda o‘ttiz kelin soch taraydi.
(Oy, o‘ttiz kun)

Zarga sotilmas,
Zo‘rga topilmas.
(Vaqt)

Bir tup katta terak,
Tubi bir, shoxi o‘n ikki,
Yaprog‘i uch yuz oltmish,
Yaprog‘ining bir tomoni oq,
Ikkinchi tomoni qora.
(Yil, o‘n ikki oy, kunlar, kecha, kunduz)

Otlari har xil,
Yoshlari bir xil.
(Haftaning kunlari)

Chopsa, chopilmas,
Kessa, kesilmas.
(Soya)

Chopsa, changi yo‘q.
Yo‘nsa, qoni yo‘q.
(Soya)

Esonboy akamning kissasin
El yig‘ilib tikolmas.
(Yer yorig‘i)

Ikki yo‘rg‘a kecha-kunduz yuradi, changi yo‘q.
(Quyosh, oy)

Ikki yo‘rg‘a yiroqda,
Biri kunda, biri tunda.
(Quyosh, oy)

Bir oyoq katiq,
Olamga tatiq.
(Oy)

Keragida korson quyruq,
Kesa bersa ado bo‘lmaydi.
(Oy)

Chinni, chinni, chinni qiz,
Chin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarin iyartib,
Tomoshaga chiqdi qiz.
(Oy va yulduzlar)

Ko‘msa, ko‘milmaydi.
(Soya)

Tagi tog‘ora,
Usti nog‘ora.
Yuz ming chechak,
Bir guli lola.
(Yer, osmon, yulduzlar, oy)

Tog‘dan kelar toshday,
Arillagan otday.
(Suv)

Ketar, ketar izi yo‘q,
Tayanmoqqa tizi yo‘q.
(Suv)

Otasi egri,
Bolasi chopqir yo‘rg‘a.
(Ariq, daryo)

Bor-bor otim, bor otim,
Borganingcha bor otim,
Ajriq ko‘rsang tishlama,
Ayg‘ir ko‘rsang kishnama.
(Suv, ariq)

Oppoq qushim qaqillar,
Qanotlari shaqillar.
(Sharshara)

Ko‘pirim ding-ding etadi,
Ostidan beklar o‘tadi.
(Suv, oqim)

Bir qushim bor hangi,
Bog‘dan chiqadi changi.
(Yashin)

Meni so‘raydilar,
Ko‘rinsam qochadilar.
(Yomg‘ir)

Qoqron yerda qo‘zi o‘ynaydi,
Toqron yerda tozi o‘ynaydi.
(Do‘l)

Olamda to‘rtta narsa yo‘q.
(Osmonning ustuni, hovuzning qopqog‘i, ko‘rpaning yengi, oshpichoqning qini)

Ajab bir gumbazlik uy ko‘rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.
(Yomg‘ir ko‘pigi)

Uchib kelar g‘oz kabi,
O‘rin olar muz kabi.
G‘ijirlar saxtiyon kabi,
Achchiq bo‘lar, tuz kabi.
(Qor, ayoz)

Bir bo‘ri to‘qqiz qulonni yeb turur,
Terisin oftobga yoymay kiyib turur.
(Qish, yoz)

Miltiq otdim,
Zarafshon ketdi.
(Muz)

Bultur ketgan bo‘z otim
Bu yil kelarmikan-da,
Oyog‘ida qirq kishan
Kishnab kelarmikan-da,
Ajriq, qamish ko‘rganda,
Tishlab kelarmikan-da.
(Qor, yomg‘irning sovuq shamol bilan kelishi)

Hakkam cho‘loq yer teshar.
(Tomchi)

Cho‘loq otasiga go‘r qazir.
(Tomchi)

O‘tmas pichoq yer kavlar.
(Tomchi)

Bir kosa sut,
Olamga dud.
(Tuman)

Yopilsa, ochilmaydi,
Ochilsa, yopilmaydi,
Nusxasi topilmaydi.
(Tun, kun)

Ismi bor,
Jismi yo‘q.
(Shamol)

Oyog‘i yo‘q, qo‘li yo‘q,
Yo‘lda turib yo‘l boshlar.
(Shamol)

U yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Bu yoqqa o‘tdim, bildingmi?
Oq quvrayning boshini,
Chertib o‘tdim, bildingmi?
(Shamol)

Qamish boshi qaltiroq,
Jilg‘a tubi jaltiroq.
(Shamol, suv)

U yog‘i alan, bu yog‘i alan,
O‘rtasi ola to‘polon.
(Chang)

Adrasman tubida
Ola sichqon o‘ynaydi.
(Quyun)

Kelar-ketar, izi yo‘q,
Qaragali ko‘zi yo‘q.
(Shamol)

Bir tol o‘sdi to ko‘kka qadar,
Bu tolning o‘n ikki shoxi bor.
Har shoxida to‘rttadan uya bor,
Har uyada yettitadan tuxum bor,
Har tuxumning yarmi qoradir ko‘rsang,
Yarmi oppoqdir, topgan bo‘lsang.
(Yil, o‘n ikki oy, hafta, kun, kecha-kunduz)

To‘qqiz jondorni uch jondor yegan.
(To‘qqiz oy ishlaysiz, uch oy yeysiz — qish)

Bir palak,
Bir palakda
O‘n ikki handalak,
Bu handalakning o‘n birini yeb,
Bittasini yeya olmadik.
(Yil, o‘n ikki oy, bir oy ro‘za)

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.