OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (801-900)

801. Dinimiz ilm o‘rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo‘ladi.

802. "Zamon o‘tishi bilan Qur’on yosharaveradi" so‘zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.

803. Payg‘ambar SAV tug‘ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug‘ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma’jusiylrning otashlari so‘ngan va Savo ko‘li qurigan.

804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da. Zulhijja.

805. "Hasbunalloh va ni’mal vakil" nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go‘zal vakildir.

806. Rasululloh SAVning hadislariga ko‘ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro‘zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.

807. Ulamolar unga bog‘liq masalalarda eng ko‘p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh

808. Sutra nima?
Javob: Sutra - bu namozhonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.

809. Men o’n olti yildan beri to’yib ovqatlanmadim. Zero, to’yib ovqatlanish badanni og’irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi. Bu ibratli so‘zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.

810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko’p bo’lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o‘ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.

811. Zardusht so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Javob: "Sariq tuya mingan kishi" degan ma’noni bildiradi.

812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.

813. Madinaliklardan birinchi bo‘lib kim musulmon bo‘lgan?
Javob: As’ad ibn Zurora r.a.

814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to‘g‘ri yo‘l - Islomiyat yo‘li.

815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar. 

816. G‘animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.

817. Islomda ilk g‘animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g‘animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.

818. "Adolat davlatning tamal toshidir" so‘zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.

819. Qur’oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.

820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur’oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so‘zlari. Ma’nosi, so‘z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.

821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o‘g‘li va ikkinchi payg‘ambar kim?
Javob: Shis alayhissalom.

822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko‘p savob olinadi?
Javob: salom berish sunnat, javob berish farz bo‘lgani holda, salom berishning savobi katta bo‘ladi.

823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog‘idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.

824. Abul Hasanil Ashariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Basralik bo‘lib, hijriy 324 yili vafot etgan.

825. Namozning qazo qilinishiga shar’iy sabablar qaysidir?
Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.

826. Ko‘p qabilalar payg‘ambarimizga elchilar jo‘natib, o‘zlarining Islomga kirganliklarini e’lon qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?
Javob: Hijratning 9-yili.

827. Badr g‘azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?
Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.

828. Badr g‘azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?
Javob: 231 kishi.

829. Payg‘ambarimiz SAVning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda o‘ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?
Javob: Banu Nazr.

830. Yahudiylarning yordami bilan Makka musriklari madinaga hujum qilish maqsadida 10000 kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu qo‘shinning qo‘mondoni kim edi?
Javob: Abu Sufyon.

831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?
Javob: Hubal.

832. Handaq g‘azotining boshqa ismi nima? Bu ga’zot qaysi hijriy yilda bo‘lgan?
Javob: Ahzob g‘azoti. Hijratning 5-yilida bo‘lgan.

833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo‘lib qurilgan binoda to‘planib, masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?
Javob: Dorun-nadva.

834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so‘ng Madinaga kelgan yahudiy qabilalarining nomi nima?
Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo‘.

835. Islomda bandaning amali necha qismga bo‘linadi?
Javob: Ular sakkiz  qismga bo‘linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va mustakrah.

836. Mustakrah qanday amal?
Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo‘lmasa ham u odobsizlikka kiradi.

837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?
Javob: unga asosan taomni kotta kotta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari ko‘chada ovqatlanish kabilar.

838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka’baga o‘zgartirilishini amr etgan oyat Qur’oni karimning qaysi surasida?
Javob: Baqara surasi, 144-oyat.

839. Aqoba bay’atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?
Javob: Madinalik.

840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg‘ambarimiz SAV kelgan davlatga qanday nom berilgan?
Javob: Madina shahar davlati.

841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?
Javob: Qubo masjidi.

842. Payg‘ambarimiz SAV yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan birini yahudiy tilini o‘rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Sobit.

843. Payg‘ambarimiz SAV Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu ikki katta qabilaning nomlari nima?
Javob: Avs va Hazraj qabilalari.

844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon bo‘lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?
Javob: As-sabiqul-avvaliyn.

845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysa jangida

846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g‘azot paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysi g‘azotida.

847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.

848. E’tikof nima?
Javob: E’tikof - ma’lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro‘za tutib, ibodat qilish.

849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?
Javob: Qur’oni Karimning "Oli - Imron" surasida shunday yozilgan ekan. Kafil menimcha, kafolatchi degani. Ya’ni Maryamni Zakariyo o‘z himoyasiga olgan ma’nosida.

850. Al - masihning ma’nosi nima?
Javob: Tiriltiruvchi.

851. Havoriylar kimlar?
Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.

852. An’omning ma’nosi nima?
Javob: Chorvalar. Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur’oni karim surasi An’om deb nomlanadi.

853. Nyu-yorkda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra AQSH aholisi telefonda gaplashayotganda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zni toping.
Javob: "I" yani "Men"

854. 1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol

855. 1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg‘og‘iga yaqinlashgach, ushbu makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. Bu davlat hozirda qanday nomlanadi?
Javob: Venesuela

856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.

857. 2006 yil Angliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lishini xohlaysiz degan savolga eng ko‘p ovoz Manchester Yunayted jamoasi o‘yinchisi Ueyn Runiga beriladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan inson real shaxs emas.U kim?
Javob: Garri Potter

858. Angliyada S, AQShda U. Xo‘sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro). S - Subway U - Underground

859. O‘zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog‘liqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.

860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo‘qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til

861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig‘ilishmagan va o‘z navbatini o‘zgartirishmagan. Biz hozir ularni o‘zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish

862. Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Piter va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o‘rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo

863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O‘zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko‘p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy

864. U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin

865. O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?
Javob: 2 ta

866. Sizga ma’lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta’lim sohasida. U qaysi so‘z?
Javob: Dekan

867. Qadimda ko‘p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo‘q. Lekin Osiyodagi bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so‘zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda - Samarqand

868. Yunonchaga "Kiyimlarni qo‘riqlayman" so‘zini tarjima qiling.
Javob: Garderop

869. Qaysi fanning ma’nosi "Donolikni sevaman" degani?
Javob: Donolikni sevaman - Filosofiya - Falsafa

870. Lotinchada bir mamlakatning ma’nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Avstraliya

871. Menga 2 ta qit’a nomini ayting, qaysiki 1-ma’nosi quyoshning chiqishi; 2-ma’nosi quyoshning botishi bo‘lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa

872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so‘zni mashhur multfilmdan ko‘p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so‘zning ma’nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so‘z?
Javob: Akuna matata

873. Bu sport turi rus tilidan "o‘z o‘zini himoya qilish" degan ma’noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo - samooborona bez orujiya

874. Koreys tiliga "poytaxt" so‘zini tarjima qiling.
Javob: Seul

875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo‘shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo‘shilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht

876. Bu shaharga mo‘gullar asos solishgan. Uning ma’nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi - Qashqadaryo viloyati markazi

877. Bu poytaxt shaharga o‘sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington

878. Nauru davlatini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo‘q. Lekin 1 sababga ko‘ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O‘sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo‘q

879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 raqam yo‘lovchilarga ko‘rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo‘sh 3-raqam nimani ko‘rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi

881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha
1-o‘rin:  Segareta maxsulotlari
2-o‘rin:  Kiyim-kechak
Xo‘sh 3-o‘rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar

882. Filipp Morris kompaniyasi o‘z xodimlarining 40% iga  aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret kam sotiladi.

883. Tailand qonunlariga ko‘ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o‘ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.

884. 2002 yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: Nuh kemasi

885. Eng birinchi uning yorug‘ligi ko‘rinadi. So‘ng ovozi eshitiladi. So‘ng shamolini xis  qilasiz. Ana undan keyingina o‘zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.

886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo‘shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur

887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o‘tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo‘ygan: Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey. U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum

888. Karate Yaponiyada paydo bo‘lganini bilasiz. Uning ma’nosi "Bo‘sh qo‘l" degani. Xo‘sh unda yaponchasiga "Bo‘sh ovoz" nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke

889. Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so‘zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr - "okta" - sakkiz

890. Bu ro‘yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o‘rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o‘rinda, Fransiyaniki 71-o‘rinda, Daniya poytaxti 72-o‘rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro‘yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro‘yxat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo‘yilgan elementlar bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)

891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o‘qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid

892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e’lon qilindi va uning nomi ham o‘zgardi. Uning nomini ma’nosi "Sharq poytaxti". Bu qaysi shahar?
Javob: Tokio

893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig‘i bu shaharga qo‘li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.

894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni hojati yo‘q. Faqat menga o‘sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.

895. Islom taraqqiyotiga oid so‘ngi statistikaga ko‘ra so‘ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko‘payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o‘z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo‘ysa kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o‘sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o‘zlariga ko‘proq shu ismni qo‘yishmoqda.

896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo‘lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda

897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o‘zining Kesha laqabli to‘tiqushiga 3 xil tilda bir necha so‘z va raqmdan iborat bo‘lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o‘zining to‘tiqushini o‘rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to‘tiqushiga bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo‘qolib qolsa).

898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Kubaga bo‘lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o‘zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo‘lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko‘chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb

899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o‘kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma’nosi nima? Nega aynan o‘kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi

900. "Ko‘zlarim yo‘lingda" filmining bosh qahramonini kim o‘ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.