OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Arab yozuvchisi (Misr). Qohira universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1934). «Bema’ni shivirshivir» (1936) novellalar to‘plami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi ziddiyat haqida. 
Romantik-tarixiy romanlarini («Taqdir o‘yini», 1939; «Radobis», 1943; «Fiv kurashi», 1944) yozgach,  Najib Mahfuz yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. «Yangi Qohira» (1945) romanida 2-jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. «Xon al-Xaliliy» (1946), «Midak tor ko‘chasi» (1947), «Avvali va nihoyasi» (1949) romanlarida 1919 yildagi inglizlarga qarshi qo‘zg‘olondan 2-jahon urushi tugaguncha bo‘lgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan. 
Najib Mahfuzning 1956—57 yillarda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari — «Bayn alkasrayn», «Kasr ash-Shouk» va «as-Sukkariya» 20-asrning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida. 
«Nil ustidagi safsata» va «Miramor pansionat» (1966), «Yomg‘ir ostidagi sevgi» (1975) romanlarida Misrdagi 1952 yildagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan. 
«O‘g‘ri va it» (1961) romani hamda «Ilohiy dunyo» (1963), «Badnom xonadon» (1965), «Qora mushuk qovoqxonasi» (1968), «Shiypon ostida» (1969) novellalar to‘plamlari muallifi. 
Najib Mahfuzning ko‘pgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar o‘zbek tilida e’lon qilingan. 
Nobel mukofoti laureati (1988).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.