OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Aleksandr Ivanovich Kuprin (1870–1938) XIX asrning oxiri, XX asr boshlarida samarali ijod qilgan mashhur yozuvchi. Uning nomi rus adabiyotida Gogol, Turgenev, Tolstoy, Dostoyevskiy, Chexov, Gorkiy, Bunin an’analarini munosib davom ettira olgan iste’dodli adiblar qatorida turadi. Otasi Ivan Ivanovich Kuprin o‘rtahol mansabdorlardan bo‘lgan. Onasi Lyubov Alekseevna Kulanchakova qadimiy tatar knyazlari sulolasiga mansub.
Kuprin adabiyotda lirik nasr – nafis hikoyalar va qissalar ustasi sifatida nom qozongan. Uning “Oydin kechada”, “Oq momiq”, “Botqoq”, “Ot o‘g‘rilari” hikoyalarida olijanob, mard, sadoqatli insonlarga xos yuksak fazilatlar mehr bilan tasvirlanadi. “Olesya”, “Sulamif”, “Yoqut ko‘zli bilag-uzuk”, “Yuzma-yuz” qissalari yozuvchiga katta shuhrat keltirgan. Asarlari juda ko‘p jahon tillariga tarjima qilingan. Kuprin Oktyabr to‘ntarishini qabul qilmagan. 1919 yildan xorijda muhojirlikda yashab, butun hayotini adabiyotga bag‘ishlagan bo‘lsa-da, g‘arib miskinlikda umr kechirgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.