OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Ched Oliver (30.03.1928 – 09.08.1993) — amerikalik antropolog olim, fantast yozuvchi. Amerika hindulari hayotidan olib yozilgan romanlar muallifi. To‘liq ismi – Simms Chedvik Oliver. Ogayo shtatining Sintsinnati shahrida tug‘ilgan. 1944 yilda Texas universitetini tamomlagan. Bir muddat Sharqiy Afrikada ishlagan. Keniyada o‘zining «G‘arbiy Afrikada madaniyat va ekologiya» loyihasi bo‘yicha tad-qiqotlar o‘tkazgan, Akambo qabilasi orasida yashagan. 1955 yilda Oliver Texasga qaytib, Texas universitetida assistent, keyinchalik esa, universitet professori vazifasida xizmat qildi. Hozirda mazkur universitetda professor Oliver nomidagi stipendiya jamg‘armasi hamda o‘qituvchilar uchun yillik pul mukofoti ta’sis etilgan.
Ched Oliverning ilk ilmiy-fantastik hikoyasi — «Yo‘qolgan qit’a tuprog‘i» 1950 yilda chop etilgan. Shundan keyin u «Zamonlar to‘foni» (1957), «Yerdan tashqaridagi qo‘shnilar», «O‘zga dengiz sohillari» (1971) singari 6 ta roman hamda 50 dan ortiq hikoya va qissalar yozgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.