Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Xojanazar Huvaydo (?-1780/81)

17.12.2018 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten
 
 

Xojanazar Huvaydo (?-1780/81) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek mumtoz adabiyoti

Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (? — O‘sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi Qashqardagi Ofoqxo‘ja eshonning muridlaridan bo‘lgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan.

Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga ko‘ra, Huvaydoga «Xo‘janazar» ismining qo‘yilishi ham Ofoqxo‘ja bilan bog‘liq. Huvaydo mumtoz she’riyatning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. She’rlari xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Huvaydo axloqiy-didaktik yo‘nalishdagi mazmunan teran, uslubiy go‘zal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan shoirdir.

Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Yassaviy, Navoiy, So‘fi Olloyor, Mashrablarning tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining ta’siri katta bo‘lgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy she’rlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi she’rlarida ham mazkur shoirlar an’analarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan.

Huvaydo she’rlari vafotidan so‘ng nabiralari tomonidan devon holiga keltirilgan. Unga shoirning 351 g‘azal, 28 ruboiy, 41 to‘rtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi «Rohati dil» manzumasi kirgan. Devondagi ilk she’rlarida ro‘za, namoz, zakot, haj, jannat va do‘zax bilan bog‘liq mavzular yoritilgan, g‘urur, manmanlikni tanqid qiluvchi, tavoze’, qardoshlik va to‘g‘riso‘zlikni ulug‘lovchi hikmatlarga keng o‘rin berilgan («Darig‘o, hayf, odam...», «Kuygay», «Kimga borib dod etay...» va b.).

Huvaydoning she’rlarida tasavvufiy unsurlar — nafsni jilovlash va dunyodan o‘zni uzoq tutish bosh g‘oyalardan biri. Dunyo lazzatining insonni baxtli eta olmasligiga ishongan shoir Allohga, abadiy baxtga erishmoq uchun inson o‘zligidan kechmog‘i kerakligini anglaydi (masalan, «Ango», «Qilding» radifli she’rlari va boshqalar).

Shoirning «Rohati dil» axloqiy manzumasi pandnoma turining go‘zal namunasidir. Unda ochko‘zlik, ta’magirlik, vafo, boqiylik, foniylik, yaxshilikning foydasi, yomonlikning zarari, go‘zallik va mehnatsevarlik, moddiy va ma’naviy poklik kabi xilma-xil axloqiy mavzulardagi ibratli hikoyalar keltirilgan. Huvaydo diniy-axloqiy mazmundagi «Ibrohim Adham» nomli she’riy doston ham yozgan. Huvaydo vafotiga bag‘ishlab uning shogirdlari, muxlislari tomonidan marsiyalar, ta’rixlar yozilgan. U haqda ibratomuz rivoyatlar, yodnomalar paydo bo‘lgan. Shoirning otasi G‘oyibnazar Eshon shajarasi daxmasi hozir ham ziyoratgoh joylardan hisoblanadi.

«Devoni Huvaydo»ning bir qancha qo‘lyozma nusxalari va litografik nashrlari bo‘lib, ulardan chevarasi Salohiddin Soqib (1838—1910) va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg‘iloniylar ko‘chirgan nusxasi Samarqand davlat universiteti kutubxonasida saqlanadi (inv. ?3903).

Huvaydoning nabirasi Sirojiy (1877 yil vafot etgan), chevaralari Samarbonu (1837— 1891), Salohiddin Soqib, G‘aribiy devon tuzgan shoirlar bo‘lib, Huvaydo an’analarini davom ettirganlar. Huvaydo nomida ko‘cha, mahalla va maktablar bor.

Begali Qosimov.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 74857370

Yandex