Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Charxiy (1900-1979)

20.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl
 
 

Charxiy (1900-1979) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
http://ziyouz.com/images/stories/charxiy.jpgMumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini yangi tarixiy davrda davom ettirgan shoir Asqarali Hamroali o‘g‘li Charxiy Qo‘qonda 1900 yil 23 fevralda tavallud  topdi. Boshlang‘ich ma’lumotni eski maktabda olgan Asqarali otasidan husnixat mashq qilishni, onasidan she’r yozishni o‘rgandi. Bo‘lg‘usi shoir Hofiz, Sa’diy, Navoiy, Bedil g‘azallarini mehr bilan o‘qidi. Sulaymonqul Rojiy, Mirza Ho‘qandiy kabi qo‘qonlik shoirlardan aruz qoidalarini o‘rgandi, ko‘proq hajviyotga moyillik ko‘rsatdi. Asqarali Oktyabr to‘ntarishidan keyin Charxiy taxallusi bilan she’rlar yozib yurgan bo‘lsa-da, ularni uzoq vaqtgacha matbuotda e’lon qilmadi.

Charxiy 1938—1939 yillardan boshlab Qo‘qonda chop etilgan «Yangi Farg‘ona» gazetasida, «Mushtum» jurnalida faol qatnashdi. Shoir «Shirin va achchiq» (1959), «She’rlar» (1966), «Alixo‘ja va Xo‘jali» (1970), «Devon» (1972) nomli kitoblarini o‘quvchilarga taqdim etdi.

Charxiy ijodida lirik she’rlar bilan bir qatorda, hajviy she’rlar ham alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, u yaratgan qo‘shiqlar o‘zining ohangrabosi va nafisligi, hayo va andishaga limmo-limligi bilan tinglovchi qalbini o‘ziga rom etadi.

Charxiy mumtoz adabiyotimizning asosiy vazni — aruz sistemasida va she’riyatimizning turli janrlarida muvaffaqiyatli ijod etgan va uni rivojlantirgan iste’dodli shoirdir. U ko‘p yillar davomida Qo‘qondagi Muqimiy uy-muzeyida ilmiy xodim bo‘lib ishlab, Muqimiy adabiy merosini to‘plash va avaylab asrash ishiga munosib hissa qo‘shgan.

1975 yilda Charxiyga O‘zbekiston xalq shoiri degan faxriy unvon berilgan.

Charxiy iste’dodli g‘azalnavis, ajoyib qo‘shiqchi-shoir, jonkuyar ma’rifatchi sifatida ixlosmandlari xotirasida o‘chmas iz qoldirgan.

U 1979 yil 18 dekabrda Qo‘qonda vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91239760

Yandex