Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Oydin (1906-1958)

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Mashhur payg‘ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (alayhissalom) tarixidek eng ko‘p va barcha nuqtalarda batafsil o‘rganilgan shaxs yo‘q”.
Jon Devenport, ingliz olimi
 
 

Oydin (1906-1958) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
http://ziyouz.com/images/stories/oydin.jpg

O‘zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan adiba Oydin (Manzura Sobirova) 1906 yil 20 noyabr kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.

Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Uni 1923 yili tamomlab, o‘qituvchilik qiladi. Yoshlikdan adabiyotga havas qo‘ygan Oydin kichik-kichik she’rlar bilan matbuotda ko‘rina boradi. Samarqanddagi Pedagogika akademiyasida o‘qib yurgan paytlarida (1927—1933) Hamid Olimjon, Uyg‘unlar bilan yaqindan tanishuvi Oydin ijodida katta rol o‘ynaydi. Uning «Yangilikka qadam» nomli birinchi pesasi 1925 yilda bosilib chiqadi. «Tong qo‘shig‘i» (1931), «Chechan qo‘llar» (1932), «Oydin she’rlari» (1937) kabi she’riy to‘plamlari e’lon qilingan.

Adiba 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab hikoya janrida ijod eta boshlaydi. Oydinning «Eslash yoki vigovor» (1938) nomli dastlabki hikoyasida ozod mehnatning yangi insonni tarbiyalab yetishtirishdagi roli, mehnat jarayonida o‘zbek xotin-qizlari ongida ro‘y bergan o‘zgarishlar ifodalangan. Uning «Chaqaloqqa chakmoncha», «Shirin-shakar», «Uyaldi shekilli, yerga qaradi», «Sadag‘ang bo‘lay, komandir» hikoyalarida yangicha oila, sevgi-muhabbat, sadoqat motivlari aks ettirilgan. Adibaning o‘tmishga bag‘ishlangan «Yamoqchi ko‘chdi», «Hazil emish», «Gulsanam» (1938) asarlarida o‘zbek xalqining haqqoniy hayoti tasvirlangan.

Oydinning urush va undan keyingi tinch qurilish yillarida ijod etgan «Qizlarxon» (1943), «Mardlik-mangulik» (1947), «Hikoya va ocherklar» (1952), «Hikoyalar» (1954) kabi to‘plamlarida zamonamiz kishisining vatanparvarligi, qahramonlik fazilatlari, front va mamlakat ichkarisidagi jonbozliklar, tinch yashash davridagi mehnati o‘z ifodasini topgan.

Oydin bu davrda ocherknavis sifatida ham tanildi. Uning «Cho‘llari obod, qullari ozod bo‘lgan elda», «El quvonchi», «Mening qahramonim», «Vatan uchun jon fido» kabi ocherklarida zamondosh, fidoyi o‘zbek ayollari obrazi yaratilgan.

Oydin «O‘zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalining birinchi muharriri bo‘lgan.

Oydin 1958 yil 30 mayda Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89429279

Yandex