OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/oskar_uayld.jpgUayld Oskar (1854.16.10, Dublin - 1900.30.11, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Hashamdor she’rlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882 yilda AQSh shaharlari bo‘ylab sayohatda bo‘lib, estetika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan «E’tiqod yoki Nigilistlar» (1882), «Gersoginya Padunskaya» (1883), «Salomeya» (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim o‘rin egallaydi. Londonga qaytib, gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 yil (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga ko‘chib o‘tgan. Qamoqdan so‘ng Uayld hayotida ro‘y bergan ruhiy tushkunlik «Reding qamoqxonasi balladasi» (1898) avtobiografik asari hamda o‘limidan keyin e’lon qilingan «Qamoqxonadagi tavba» (1905)da o‘z aksini topgan. «Uindermir xonimning yelpig‘ichi» (1892), «Benuqson erkak» (1895), «Jiddiy bo‘lish qanday muhim» (1896) komediyalari, «Baxtli shahzoda» va «Yulduzli bola» (1888) adabiy ertaklar to‘plamlarida o‘zi yashagan muhit urfodatlarini tanqidiy aks ettirgan. «Dorian Grey portreti» (1891) — 19-asr oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-yillardagi tanqidiy maqolalarida («O‘y-niyatlar» to‘plami, 1891) Uayld hozirgi ingliz adabiyotidagi o‘ziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qo‘shiqchilik ijodini, P. Beranje she’riyatini yuqori baholagan, O. Balzak, L. N. Tolstoy, I. S. Turgenev va F. M. Dostoyevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Uayld pesalari asosida filmlar yaratilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.