Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Zavqiy (1853-1921)

14.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Jasur odamning boqishi qo'rqoqning qilichidan ko'proq dushmanni titratadi.
• Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna.
Amerika maqollari
 
 

Zavqiy (1853-1921) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Zavqiy (taxallusi; asl ism-sharifi Ubaydullo Solih o‘g‘li) (1853 — Qo‘qon — 1921) — o‘zbek shoiri. Qo‘qondagi «Madrasai oliy» va «Madrasai chalpak»da tahsil olgan (1870—74). Maxsido‘zlik bilan shug‘ullangan. Ma’lum muddat mirzalik qilgan, Xo‘jand, Samarqand, Buxoro, Toshkent, O‘sh, Andijon, Marg‘ilon shaharlarida bo‘lgan. Tog‘asi Muhammad Siddiq bilan Madinani ziyorat qilgan (1900). 1903 yil Qo‘qonga qaytgan. Zavqiy mumtoz o‘zbek adabiyoti an’analarini davom ettirgan, Qo‘qon adabiy muhitining Muqimiy, Furqat, Nodim, Rojiy kabi namoyandalari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.
Zavqiyning g‘azal, muxammas, muvashshaxlari («Aylab keling», «Radifi Zavqiy» va boshqa)da o‘zi yashagan muhit va tuzum, mehnat ahlining ahvoli tasvirlangan. U turmush alam-iztiroblari, hijron azobiga visol umidi, vafodorlik, sadoqat tuyg‘ularini qarama-qarshi qo‘yadi («Yuzingni ko‘rsatib avval», «Bodai vasling» va boshqa), kishilarni turmush go‘zalliklaridan zavqlanishga, uni sevishga chorlaydi. Zavqiyning bir qancha she’rlari («Kajdor zamona», «Ajab zamona», «Abdurahmon shayton» va boshqa)da mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo‘lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi. Zavqiyning «Muncha ko‘p» radifli hamda «Ajab zamondur, ahbob, bosh qotib qoldi» misrasi bilan boshlanuvchi muxammaslari 19-asr boshlari she’riyatidagi eng o‘tkir ijtimoiy asarlari jumlasiga kiradi. Zavqiy ijodiy merosida o‘zbek qishloqlarining ahvoli, dehqonlar hayoti mavzui ham katta o‘rin tutadi («Yangi Qo‘rg‘on qishlog‘i», «Suv janjali», «Shohimardon sayohati» va boshqa). Bu asarlar Muqimiyning «Sayohatnoma»si ta’sirida yozilgan. Zavqiy Muqimiyning hajvchilik yo‘lini davom ettirib, o‘zbek adabiyotida hajviy yo‘nalish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi («Obid mingboshi haqida hajv» va boshqa). Zavqiyning «Voqeai qozi saylov» (1909—10), «Qahatchilik» (1916) kabi asarlarida ijtimoiy adolatsizlik fosh etiladi, xalqning zulmga qarshi namoyishlari aks ettiriladi. «Ajab ermas» radifli muxammasi 20-asr boshlari o‘zbek she’riyatida muhim hodisa bo‘ldi. Bunda shoir mustamlaka asoratida ezilayotgan yurtning baxtli kelajagi haqida fikr yuritdi. Ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi salbiy hollar ustidan bir qator she’rlari («Ta’rifi kalish», «Otim», «Fonus», «Sigirim», «Pashshalar» va boshqa)da zaharxanda bilan kuladi.
Shoirning ishqiy g‘azal va muxammaslari o‘sha davrlardanoq xalq hofizlari tomonidan kuyga solinib, ijro etilgan («Yor kelur zamona yo‘q, kelmasa-kelmasun netay?!», «Kulbam aro, ey maxliqo, bir yo‘l xirom aylab keling» va boshqa). Zavqiyning she’rlari turli bayoz, majmua, vaqtli matbuot hamda og‘zaki manbalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qo‘qon shahridagi bir mahalla, qishloq, maktab va ko‘chaga Zavqiy nomi berilgan.
Abdurashid Abdug‘afurov

 

SHOHIMARDON XOTIRASI

Bu ravzaga kimki kelib,
Bir kechasi mehmon ekan.
Umrida bir ko‘rgan kishi
O‘lganda bearmon ekan.

Ikki tarafdin soy deng,
Ko‘m-ko‘k musaffo choy deng,
Har dam ichib hoy-hoy deng,
Obi hayoti jon ekan.

Osmonga qo‘ygan nardbon,
Chiqsang tamosho bir jahon.
Nahri ulug‘, har so‘y ravon,
Ko‘rmakka ko‘z hayron ekan.

Keldik yetib mohi rajob,
Har kim ko‘rar aylar ajab,
Na pors ko‘rgan, na arab,
Bir jannati rizvon ekan.

Boloda tang-tang ko‘chalar,
Turg‘ayki, shayxu xo‘jalar,
Kelsa tovuq ham jo‘jalar,
Yozmoqda dasturxon ekan.

Bad shaklu bal xo‘, badiamo,
Botinda kiyna, fisq riyo,
Kim uchrasa shilqim gado
Sulloh ozori jon ekan.

Sahni ajoyib xush havo,
Ham ruhparvar, jon fizo,
Xushbo‘ ko‘ringay har giyoh,
Jambil bilan rayhon ekan.

Kabiklari bo‘ynin cho‘zib,
Yuz sovt ila nag‘ma tuzib,
Bulbul navolar ko‘rguzib,
To‘tisi xush ilhon ekan.

Bo‘lsa kerak bul tog‘lar,
Kam-kam chiroyli bog‘lar,
Hech kimsa ko‘rmas dog‘lar,
Ko‘ngli aro qolgan ekan.

Zavqiy kelib ko‘p turmadi,
Tursa rafiqlar qo‘ymadi,
Oyo nasiba bo‘lmadi,
Ehromi uchqo‘rg‘on ekan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89473512

Yandex