Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Quddus Muhammadiy (1907-1997)

20.11.2018 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf obro‘ni ketkazadi.
Abu Rayhon Beruniy
 
 

Quddus Muhammadiy (1907-1997) Chop etish uchun E-mailga yuborish
 Quddus Muhammadiy 1907 yil 25 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1982). O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1957). O’rta Osiyo davlat universiteti (1931—32) va Toshkent tibbiyot institutida (1932—37) taxsil olgan. «O’quvchiga esdalik», «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu», «Bahor keldi» (1948), «Qirq o‘g‘il va qiz» (1951), «Sen tug‘ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Ko‘ng‘izboy bilan sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956), «Tanlangan asarlar» (1957), «Ochil dasturxon» (1970), «Cho‘pon bobo qo‘shig‘i» (1979) «Tabiat alifbesi» (5 kitob, 1974—80), «Kitob va Oftob» (1986), «Men sizga bir hikmat aytaman» (1987) kabi asarlari nashr etilgan. S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa chet el yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1969).


AHMADJONNING KITOBXONLIGI

Hay-hay chiroyli kitob,
O’qimokqa juda bop.
Bizning Ahmad qayokda?
Qidirgani bu yoqda.

Ahmadjon kelib qolar,
Kitobni qo‘lga olar.
Bir-bir varaqlar sekin,
Rasmi kam ekan lekin.

Ana sichqon, mushukvoy,
Ana xo‘roz, kuchukvoy.
Ana mug‘ambir tulki,
Pisib turishi kulki.

Ana o‘rdak, ana g‘oz,
Ana maymun - sho‘x darvoz.
Xo‘roz qichqirar: «Qu-qu!»
Bunday yo‘lbars, sher yo‘g‘-u...

Shu bilan qolar kitob,
Go‘yo o‘qiydi hisob.
Talabimiz Ahmaddan,
Ko‘rganini – suvratdan

Bizga ham aytsin, qani,
Kitobda hamma ma’ni.
Xameleon degan jonvor
Nechun uzun tili bor?

Olmaxon nozik hayvon
Nechuk dumi kattakon?
Hammadan qiziq ukki,
Tumshug‘i Efi-dukki.

Nechun yurmas kunduzi,
Nega yonadi ko‘zi?
Juda qiziq shaparak,
Xuddi jajji charxpalak.

O’rdakning bag‘ri yoyiq,
Gavdasi misli qayiq?
Savolim bo‘ldi odosh,
Javob kutaman, yo‘ldosh!

SHE’RIM, OCHIL DASTURXON

She’rim, ochil dasturxon,
She’rim - ochiq dasturxon.
El o‘g‘lin qilay mehmon,
Bo‘layin ulkan mezbon.
Shoiringman mehribon,
Qilgim kelar ulkan ish,
Dunyoda eng ko‘rkam ish.
She’r bulog‘im qayna, jo‘sh,
She’rjonim, bo‘l oqqush,
She’rim hayot bog‘bonim,
She’r askarim - posbonim.
Pahlavon beozorim,
Ko‘ngillarni yozarim,
Yuragim osmonisan,
El-yurtim posbonisan,
Tinchligim kaptarisan,
O’quvchim daftarisan.
Qadrdon maktabimsan,
Yuragim, rubobimsan.
Sensan qo‘shiq, ulkan kuy,
Sen kirmagan biron uy,
Sen bo‘lmagan bayram, to‘y,
Qolmasin hech bir elda.
Yangra she’rim, ming tilda.
Xalq yuragin makon et,
Xalqim ko‘nglin osmon et.
Yoqimli bo‘l havodek,
Jon ozig‘im navodek,
Jon bag‘ishla o‘likka,
Zavq bag‘ishla tirikka.
She’r desam jonim erir,
Jonu jahonim erir.
Onamning allasi she’r,
Hofizlar yallasi she’r.
Xalqimga madadkorim.
«Hayt» tuyaga madorim.
She’rim, ochil dasturxon,
She’rim - ochiq dasturxon.

BAHOR KELDI

Qo‘llarida soz bilan,
Gul g‘uncha parvoz bilan,
Silkinib parvoz bilan,
Uchib turna, g‘oz bilan,
Qadrdon bahor keldi.

Bahorni kuting bog‘da,
Bog‘ emas, dala, tog‘da,
Maysa yashnagan chog‘da,
Qushlar sayrar butog‘da,
Sevikli bahor keldi.

Har narsada o‘zgarish,
Erib, oqib jo‘nar qish.
Har yoqda yashnar turmush,
O’rik gulladi kumush,
Mehnat bahori keldi.

Bezanar maktab bogi,
Gulga to‘lib quchog‘i.
Toshar hayot irmog‘i,
Maktab dam olar chog‘i,
O’quvchi, bahor keldi.

O’tmasin go‘zal fursat,
Qani g‘ayrating ko‘rsat.
Imtihon, sinovga vaqt
Hozirmi, darslaring taxt,
Hushyor bo‘l, bahor keldi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 74107419

Yandex