Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Ot asboblari va yol haqida topishmoqlar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Mahmadonalik ― foydasiz, kamgaplik ― zarar emas.
• Izlasang ― topasan, istasang ― erishasan.
• Ertaning moyidan bugunning choyi afzal.
• Dangasalikdan ― maqtanchoqlik, ochko‘zlikdan ― o‘g‘rilik.
• Irodasiz kuch yo‘q, tuzsiz maza yo‘q.
Tuva xalq maqollari
 
 

Ot asboblari va yol haqida topishmoqlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Otdan baland,
Itdan past.
(Egar)

Bo‘yi past,        
Otdan tushmas,        
Piyoda yurmas.        
(Egar)

Uzun edim kesdilar,        
Yo‘g‘on edim yo‘ndilar,        
Ishga loyiq qildilar.        
(Egar)

Tom ustida sandiq.
(Egar)

Tepdim,        
Terakka chiqdim.        
(Otga    minish)

Tap-tap etib tomga chiqdim.
(Otga minish)

Tepdim teshik,
Mindim beshik,
Oldim ajriq,
Keynim to‘qay.
(Uzangi, egar, ot yeli, dumi)

To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduzni
Samarqand keta turib saman otda ko‘rdim.
(Ot taqasi, mixlari)

Yetti teshik,
Bir kartiq.
(Ot xomuti)

Qirq qulog‘i,
Ikki og‘zi bor.
(Xurjun)

Og‘ilda besh barmoq,
Ishi xas-cho‘p to‘plamoq.
(Panshaxa)

Qo‘yvorsam yuz quloch
Yig‘ib olsam bir quloch.
(Arqon)

Kunduzi yuradi, yuradi,
Oqshomi ikki oyog‘ini
Osmonga tiklab turadi.
(Arava)

Yurganda shaqirlab kuladi,
To‘xtaganda jim turadi.
(Arava)

Bir eshagim bor hangi,
Quloqlari dangi,
O’t yemaydi,
Suv ichmaydi.
(Arava)

Jonsiz, bezabon,
Qayish chaynab yutolmas,
Ketida ikki yumaloq,
Yugurib sira yetolmas.
(Arava)

To‘rt aka-uka bir-biriga yetolmaydi.
(Arava g‘ildiraklari)

Akasi ukasini quva olmaydi.
(Arava g‘ildiraklari)

Bir arqonim bor,
Uchi-quyrug‘i yo‘q.
(Yo‘l)

Ikki arqonim bor,
Yig‘ib ololmayman.
(Yo‘l, arava izi)

Uzun opam uyga sig‘mas.
(Yo‘l)

Tog‘dan baland,
Patakdan past.
(Yo‘l)

To‘rt og‘ayni yo‘lga chiqdi,
Ikkisi olda borayotir,
Ikkisi orqada borayotir,
Orqada borayotganlari
Oldidagilardan qolmayotir.
(Arava g‘ildiraklari)

Chil qaznog‘u
Chil hujra.
(Chetan)

Chil tok, chilman tok,
Chil hujra-yu, chil qaznoq.
(Chetan)

Qovurg‘asi bor,
Qoni yo‘q,
Og‘zi bor,
Joni yo‘q.
(Chetan)

Uzun-uzun ulama.
Uchiga yetgan bormikan,
Yo‘lda yotgan sopolni
Olib otgan bormikan.
(Yo‘l, ot tuyog‘ining izi)

Otgan tayog‘im otgancha ketar.
(Yo‘l)

Uzun-uzun ulama,
Uchiga yetib bo‘lama?
Yerda yotgan ilonni
Ilib otib bo‘lama?
(Yo‘l, arava izi)

Uzun ichak,
Uchi tugunchak.
(Yo‘l, bozor)

Uzun ichak,
Beli tugunchak.
(Yo‘l, ko‘prik)

Tap-tap etar,
Ustidan karvon o‘tar.
(Ko‘prik)

Hil-hil tuyam,
Bag‘ri ho‘l tuyam.
(Ko‘prik)

Ko‘k ustida ustunli uy,
Uy ustida hayot.
(Ko‘prik)

Otasi ko‘taram,
Onasi yo‘rg‘a.
O’g‘li qo‘shiqchi,
Qizi o‘yinchi.
(Ko‘prik, suv, baqa, baliq)
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329737

Yandex