Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Uy-joy va unga tegishli jihozlar haqida topishmoqlar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Millatchilik — iblislar panoh topajak eng so‘nggi panoh, demak. Millatchilik — jaholat, demak. Millatchilik — bir xalqni boshqa bir xalqqa nisbatan nafrati, demak. Shu boisdan, juda ko‘p fojialar ana shu millatchilikdan kelib chiqadi.
Tog‘ay Murod
 
 

Uy-joy va unga tegishli jihozlar haqida topishmoqlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Opon-oponni ko‘rdim,
Eski choponni ko‘rdim.
Qobirg‘asi qalashgan,
Odam yutganni ko‘rdim.
(Qora uy)

Qobirg‘asi tarim-tarim,
Asli uning joni yo‘q.
Terisini siyirib olsam,
Yerga tomar qoni yo‘q.
(Qora uy)

Hachcha,
Dachchaning ustida bachcha.
Bachchaning ustida qalpoq,
Qalpoqning ustida telpak.
(Qora uy)

Bir tepada olti qo‘chqorning
shoxi almashib yotir, -
Yetti qo‘chqorning shoxi yalmashib yotir.
(Qora uy)

Qirq chinoq qirq quduqdan suv ichar.
(Qora uyning uvig‘i)

Og‘il to‘la chinoq qo‘y.
(Qora uyning uvig‘i)

Bizning uyda qirq qiz,
Hammasi sochpopukli.
(Uviq va bog‘i)

Jindi qiz, jindi qiz,
Jin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarini ergashtirib,
Harang-darang bo‘ldi qiz.
(Qora uyning chang‘arog‘i)

Gum-gumbaz, Qirq chanoq.
(Qora uyning chang‘arog‘i)

Ko‘kkina qo‘zim uy aylanar.
(Qora uyning beldovi)

Kichkinagina quyoncham jar aylanib qochadi.
(Qora uyning beldovi)

Bir to‘bada to‘rt ilon.
(Qora uyning tuynuk bog‘i)

Bir to‘baning ustida to‘rt shiboq.
(Qora uyning‘ tuynuk bog‘i)

Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim.
Qanotini yoydi qushim.
Tanobini tortdi qushim.
(Chodir)

Xitoy qush qanotlarini yoyib, oyog‘ini bukib, tog‘da o‘ltiribdi.
(Chodir)

Amakim ichkarida,
Quloqlari tashqarida.
(Uyning to‘sini)

Onasi yettita,
Bolasi bir nechta.
(To‘sin, vassa)

Onasi qornida bolasi ko‘ndalang yotibdi.
(To‘sin, vassa)

Kunduzi tashqari,
Kechasi ichkari.
(Eshik)

Ikki opamning bo‘yi teng.
(Eshik)

Devolga qo‘ngan qushim,
Ba’zilari bir qanot,
Ba’zilari qo‘sh qanot.
(Eshik)

Olti ko‘zli, suyakli,
Hamma uyga kerakli.
(Deraza romi)

Kechasi osmonga qaraydi,
Kunduzi yerga qaraydi.
(Eshik zanjiri)

Kechasi yuqori,
Kunduzi quyi.
(Eshik zanjiri)

Kechasi turadi,
Kunduzi yotadi.
(Eshik zanjiri)

Qoravoy buvam eshik qo‘rir.
(Qulf)

Qora qulim uy qo‘rir.
(Qulf)

Kichkinadir, minadir,
Unga odam ishonadir.
(Qulf)

Kichkina itcha hurmaydi,
Tishlamaydi, uyga qo‘ymaydi.
(Qulf)

Bir shaharni bir qora hakka qo‘riqlaydi.
(Qulf)

Qoragina zog‘cha,
Qanotidan osilgan.
(Qulf)

Jarda yantoq osilgan.
(Qulf)

Katta xotin uy poylaydi,
Kichkina xotin yo‘qlovga ketadi.
(Qulf, kalit)

Akasi uy poylaydi,
Ukasi o‘ynab yuradi.
(Qulf, kalit)

Akasini ukasi qitiqlaydi.
(Qulf, kalit)

Olisdan jangir-jungir,
Yaqindan oddiy temir.
(Qulf, kalit)

Chumchug‘im chiq etdi,
Uyasiga kirib ketdi.
(Qulf, kalit)

Uzun bo‘yli,
Qora to‘nli.
(Mo‘ri)

Amakim ariq,
Qorni yoriq.
(Mo‘ri)

Bir uyga kirsam,
Qorni yoriq ayiq turibdi.
(Mo‘ri)

O’zi bitta,
Ko‘zi to‘rtta.
(Tancha)

To‘rt og‘aynining boshida bir qalpoq.
(Tancha)

Shaytonning uyi taxtavonlik, ichi to‘la xoda.
(Tancha)

Og‘zi pulday,
Ichi xumday.
(Obriz)

Tepasi ayvon,
O’rtasi xumdon,
Tagi zindon.
(Obriz)

Yo‘nsa yo‘g‘on bo‘lar.
(O’ra)

Chirgiday yerga kun tegmas.
(Quduq)

Osmondan osilgan,
Yerdan qazilgan.
(Quduq)

O’ra qazdim,
Tuprog‘i yo‘q.
(Qoziq o‘rni)

Quduq qazdim betuproq.
(Qoziq o‘rni)

Otasi bor, enasi bor,
O’n ikkita bolasi bor.
(Narvon)

Tepdim, tepdim,
Terakka chiqdim.
(Narvon)

Eliboy akam kissasini,
El yig‘ilib tikolmas.
(Devol yorig‘i)

O’zi katta,
Sarpo‘shi yo‘q.
(Hovuz)

Bersang, to‘yadi,
Bermasang, turadi,
Hamma xizmatin ko‘radi.
(Sandiq)

Bir eshagim bor,
To‘rt oyoqli.
To‘balasam yurmaydi.
(Sandiq)

To‘rt oyog‘i bor,
Burnida avaraki.
(Sandiq, kalit)

Kichkina fildi,
Menga qarab kuldi.
(Oyna)

Top-tobonoq, tobonoq,
Toboni yo‘q quyonoq,
Quyonog‘i kumushdan,
Kulib turgan buvishdan.
(Oyna)

Bir do‘stim bor ajoyib,
Agar kim unga boqsa,
Kulib boqar iljayib.
(Oyna)

Tolning tagida tiniq suv.
(Oyna)

Kunu tun yuradi,
Doim bir joyda turadi.
(Soat)

Oyog‘i yo‘q, yuradi,
Og‘zi yo‘q, gapiradi.
(Soat)

O’zi ming xil,
Gapi bir xil.
(Soat)

Oq tovoqda sariq qaychi.
(Soat)

Usti yotinqi,
To‘rt oyoqli.
(So‘ri)

Yuraveradi, yuraveradi.
Yo‘li ko‘paymaydi.
(Beshik)

To‘rt oyog‘i bor,
Ostida toshi bor,
Top-chi!
(Beshik)

Kunduzi yig‘iladi,
Kechasi yoyiladi.
(Ko‘rpa)

Kunduzi hur bo‘ladi,
Kechasi qul bo‘ladi.
(Ko‘rpa)

Kechasi bo‘g‘oz,
Kunduzi qisir.
(Ko‘rpa)

Qo‘lsiz, oyoqsiz ko‘ylak kiyar.
(Yostiq)

O’zi bitta,
Og‘zi ikkita.
(Lo‘labolish)

Tursa tuyaday,
Yig‘ilsa kichkintoy.
(Pashshaxona)
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89328880

Yandex