Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar

07.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Agar it boqsang, o‘zing hurima.
• It bilan yotgan burga bilan uyg‘onadi.
• Bukrining ustidan kulgan o‘zi doim to‘g‘ri yurishi lozim.
• O’ylamasdan gapirish, nishonga olmay o‘q otishga o‘xshaydi.
Ingliz maqollari
 
 

Farovonlik va yetishmovchilik haqida maqollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
Akangda bo'lsa, so'raysan,
Uyingda bo'lsa, yalaysan.

Arpa yegan ot o'ynar,
Makka yegan tot o'ynar.

Ariq to'ymasa, baliq to'ymas.

Balig'i yo'q ko'li qursin,
Kiyigi yo'q cho'li qursin.

Bermasa ham boy yaxshi,
Yemasang ham moy yaxshi.

Bir tariqdan bo'tqa bo'lmas.

Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv.

Bir qishga quyon chorig'i ham chidar.

Birdan ikki yaxshi,
Ikkidan uch yaxshi.

Bozorda birov baxtini sotar,
Birov — raxtini.

Boy bo'lib boltasi yo'q,
Gadoy bo'lib — xaltasi.

Bor — baqirar,
Yo'q — chaqirar.

Bor belgisi osh bilan.

Bor — bilimtoy,
Yo'q — horimtoy.

Bor bolasiga yetti osh berar.

Bor bor, desa — topilar,
Yo'q bor, desa — chopilar.

Bor maqtansa, yarashar,
Yo'q maqtansa, adashar.

Bor — so'yilar,
Yo'q — o'yilar.

Bor yarashtiradi,
Yo'q talashtiradi.

Bor o'xshatar,
Yo'q qaqshatar.

Bor qarindosh — qarindosh,
Yo'q qarindosh — ziyondosh.

Borlik yumush keltirar,
Yo'qlik — urush.

Borlik yarashtirar,
Yo'qlik qarashtirar.

Borning bolasi mol deb turar,
Yo'qning bolasi — non.

Borning bor degani — botmon.

Borning boshi og'rir,
Yo'qning — qorni.

Borning olasi ko'p,
Yo'qning — berasi.

Botqoqning kengligi qurbaqaga yaxshi.

Buxoroda moli borning ko'ngli to'q.

Bo'ri bo'lsin, to'q bo'lsin.

Gado to'ydi — qayqaydi.

Gapning kaltasi,
Arqonning uzuni yaxshi.

Don to'kis — chorva to'kis,
Chorva to'kis — el-yurt to'kis.

Dunyoning ishi — miri kam ikki.

Yer to'ygani — el to'ygani.

Yog' ye, yalang'och yot.

Zo'rayganga xudo berar,
So'm temirga — bolg'a.

Igna bilan quduq qazib bo'lmas.

Igna o'z teshigini tikolmas.

Igna o'tgan joydan ip ham o'tar.

Ignaning ishini nayza qilolmas.

Ignaning chizig'i bor,
Ipning — uzugi.

Iyirli yerda ot o'lmas.

It ham o'z ko'chasida o'zini sher bilar.

Yig'lamoqni mozor boshida ko'r.

Yo'qni yo'ndirib bo'lmas,
Qushni — qo'ndirib.

Yo'qchilik mard qo'lini bog'lar.

Yo'qchilik toshdan qattiq, go'ngdan sassiq.

Yo'qqa yugruk yetolmas.

Yo'g'on cho'zilar,
Ingichka uzilar.

Yo'g'onni yo'nib ye,
Ingichkani cho'zib ye.

Kichik kalit katta uyni ochar.

Ko'zing borida ko'rib qol,
Oyog'ing borida yurib qol.

Ko'rpangga qarab oyoq uzat.

Loydan holva ajratib bo'lmas.

Maqtanishga musofirchilik yaxshi.

Moy aynisa, tuz solar,
Tuz aynisa, ne solar.

Mollining moli o'lar,
Molsizning nesi o'lar.

Musofirga qiz berma,
Shahri — ikki,
ko'ngli — ikki.

Mushuk yo'g'ida sichqon tepaga chiqar.

Mushukka qanot bitsa,
Sichqon zoti quriydi.

Ovchiga go'sht qahat emas,
O'g'riga — mol.

Oyog'i katta topganini kiyar,
Oyog'i kichik — istaganini.

Oz yirtiqqa yamoq bo'lmas,
Teshikka — tiqin.

Ozgan ot arg'umoq bo'lmas.

Oldingda yetakching bo'lsin,
Orqangda — tayanching.

Olma tagidan yiroqqa tushmas.

Osmon — yiroq, yer — qattiq.

Ot bitdi — qanot bitdi.

Ot bo'lsa, maydon topilar,
Ot bo'lmasa, maydon chopilar.

Ot bo'lmasang, nima qilasan kishnab,
Eshak bo'lmasang, nima qilasan hangrab.

Ot — sag'ridan, qo'y — bag'ridan.

Ot topguncha eshak min.

Ot topilguncha oyoq ham ulov.

Oti bor — botir,
Oti yo'q — yotir.

Oti borning qanoti bor,
Moli borning — baxti.

Otliqqa yayov yetolmas,
Ikkovga birov botolmas.

Och urishqoq kelar.

Och otasini bilmas, to'q to'g'ralgan etni yemas.

Oqlik bor joyda og'riq bo'lmas.

Oqlik bo'lsa, ochlik yo'q.

Og'riq joyini topsa,
Olti oy qishlar.

Og'riq ko'paysa, emchi ko'payar.

Senda bo'lsa, elga o'tar,
Elda bo'lsa — senga.

Sigir yo'g'ida echki ham sigir.

Temirchidan ko'mir so'rama.

Tilanganning to'rvasi to'lmas.

Tushlik umring bo'lsa, choshlik harakat qil.

To'kinning do'ppisi kam.

To'q yomon emas, yo'q yomon.

Uyga uy bo'yi uysang ham oz.

Uydagilar yetmas edi,
Tuynukdan tushdi kar balo.

Uydagilar ozmidi,
Ozmon eshikdan keldi.

Uying kapa bo'lsin,
Noning katta bo'lsin.

Umrim umr bo'ldi,
Soqolim ko'mir bo'ldi.

Unida bo'lsa, urvog'iga tatir.

Urug'ingda bo'lsa, urpog'ingga tatir.

Faqir bo'lsang, baxmal kiy.

Xolamning oshini shirin qilgan
Pochchamning go'shti.

Sho'rvaning beti — oshning keti.

Egachili qizga to'y qayda,
Echkili qo'yga suv qayda.

Egachim erga tegdi,
Eskisi menga tegdi.

El to'q — sen to'q.

El ulog'i — ellik.

Eldan tomgani — yomg'ir yoqqani.

Erda bo'lsa, yo'rg'alaydi xotin,
Erda bo'lmasa, nima qiladi xotin.

Et bo'lmasa — sho'rva.

Et ko'rmaganga o'pka tansiq.

Yalang'och yetolgan kun esdan chiqar,
Och to'ygan kun esdan chiqar.

O'zbekka osh yaxshi,
Qozoqqa — go'sht.

O'zingda bo'lsa, kunda yersan,
Kishida bo'lsa — bir kunda.

O'zingda bo'lsa, oshaysan,
Qo'shningda bo'lsa, tilaysan.

O'zingda yo'q — olamda yo'q.

O'n oylik o'zdirar,
To'qqiz oylik to'ydirar.

O'tning quyug'i — suvning tinig'i.

O'qariqda suv semiz.

Qanotsiz qush uchmas,
Suvsiz tegirmon yurmas.

Qarz etma birovdan,
Qutilmaysan ingrovdan.

Qozonda bo'lsa, cho'michga chiqar.

Qora qozon qaynab tursa,
Qizilo'ngach kuyib qolmas.

Qorni to'qning qayg'usi yo'q.

Qoqqani qozig'i yo'q,
Yegani — ozig'i.

Qui bo'lsin, qulochi yog'lik bo'lsin.

Qui ering bo'lsin,
Quymoq — yemishing.

Qo'y bo'lmasa, qiy bo'lmas.

Qo'ldan berganga qush to'ymas.

Qo'rada ko'rsam, ko'nglim to'q.

Haloldan tovug'i yo'q,

Haromdan — kuchugi.

Hamyonga boq, nog'ora qoq.

Hamma choy — bir yoq,
Shamma choy — bir yoq.

Har idish o'z ichidagini to'kar.

Har supradan bir kulcha.

Har supraning noni boshqa.

Har to'kisda — bir ayb.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89329065

Yandex