Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Epimenid

15.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
• Boy boshpanasiz bo‘lmaydi.
• Boshlanmagan ishga ilon o‘tiradi.
• O’z uyasida sichqon ham botir.
• Ayiqning boshini ko‘rdingmi ― uning izini qidirma.
Adigey maqollari
 
 

Epimenid Chop etish uchun E-mailga yuborish
KRITLIK EPIMENID
(Miloddan avvalgi VI asr)

Afsonaviy yunon donishmandi Epimenid Krit orolida tug‘ilgan. U donishmand Solon bilan yaqin do‘st bo‘lgan. Solonga qonunlarni tuzishda ko‘maklashgan. Miloddan avvalgi 596 yilda Epimenid Afina shahrini vabo epidemiyasidan saqlab qolgan. Manbalarda yozilishicha, faylasuf 300 yildan ortiq umr ko‘rgan.

* * *
Epimenidning yolg‘on so‘zlagan kritlik haqidagi mantiqiy ziddiyati necha asrlardan buyon donishmandlar uchun yechib bo‘lmas muammoligicha qolayotir. Bu zidlamaning mazmuni shunday: «Bir kritlik so‘zlay turib: «Men aldayapman», deydi yoki: «Hozir men aytadigan so‘zlar yolg‘on», deyishi mumkin. Yo bo‘lmasa bunday deydi: «Aytgan so‘zlarimning bari yolg‘on». Agar so‘zlovchi chindanam yolg‘on gapirgan bo‘lsa, uning iqrori — haqiqat. Aksincha, so‘zlovchining aytganlari chin bo‘lsa-yu, «yolg‘on gapirdim», desa, u rostdan ham yolg‘on gapirgan. Shunday qilib, agar so‘zlovchining iqrori rost bo‘lsa, u yolg‘on gapirayotgan bo‘ladi, aksincha, uning iqrori yolg‘on bo‘lsa, gaplari rostdir.
Ushbu mantiqiy ziddiyatning kashf etilishi ko‘plab faylasuflarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Faylasuf Xristipp (miloddan avvalgi 281-208-yillar) ana shu zidlamaga bag‘ishlangan uchta kitob yozdi. Kosslik Filet ismli donishmand esa bosh qotira-qotira, ziddiyatni yecholmagach, alam ustida o‘z joniga qasd qildi.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, taniqli yunon olimi, mantiq ilmining bilimdoni Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilda vafot etgan) hayotining so‘nggi yillarida ushbu zidlamani yechishga bel bog‘lagan. U yechimni topmaguncha ovqat yemaslikka ont ichgan va oxir-oqibat bandalikni bajo keltirgan.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89506088

Yandex