Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Shukur Xolmirzayev. Yigi (hikoya)

22.11.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Haqiqiy do`st boshga kulfat tushganda bilinadi.
Ezop
 
 

Shukur Xolmirzayev. Yigi (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish
YIG’I

Og‘zingga qon kelsayam, dushman oldida tupurma.
Hikmat.

O’g‘lim Jamshidga

Men rahmsiz emasman. Afg‘ondagi bosmachilargayam munosabatim aniq edi. Ammo, o‘sha yerda xizmat qilayotganimda bir voqea sodir bo‘ldiki, hali-hamon uning mag‘zini chaqolmas edim.
Biz krepostda turardik. Toshdan yasalgan qo‘rg‘onda. Devoridan odamning boshi ko‘rinadi. Devor ortidagi maydonga vertolyotlar kelib qo‘nardi, biz kechasi ularni qo‘riqlardik. Kunduzi har xil topshiriqlarni bajarardik. Goho kechasi ham bosmachilar yaqin kelgani yoki biron qishloqni bosganini eshitsak, boraverardik. Egnimizda o‘q o‘tmaydigan jilet, qo‘limizda avtomat. Komandir buyursa, bas...
Yonimizda bitta o‘zbek qishlog‘i bor edi. Juda xarob yashaydi u yerning xalqi. Odamlarini ko‘rsangiz, achinib ketasiz. Kir-chir, qo‘llari qadoq... Qishloqning o‘rtasida do‘konlar bor. O’limni o‘ylamasak ham, baribir bo‘yinga olib qo‘ygandik. Bilasizmi, juda qo‘rqmas odam ham, juda qo‘rqoq odam ham tez o‘lar ekan: bitta namanganlik o‘rtog‘im bor edi. Kelganida mayingina yigit edi. Bo‘yi mendan ikki qarichlar baland. Olti oy o‘tmasdan bronejilet kiymasdan jangga kiradigan bo‘ldi. O’limni sira o‘ylamas edi. Bosmachilarning snayperlari uni qasdlashgan ekan. Buni keyin bildik... Bir kuni ikkalamiz krepostning yonida — men cho‘zilib yotgandim, u toshda o‘tirgandi. Ro‘paramizda baland tog‘-toshlar, g‘adir-budir. Daraxt yo‘q. O’rtog‘imga o‘q tekkanini bildim... Eshitdim. O’qning ovozini eshitganim yo‘q; mana shu yeridan — qoq peshonasidan tekkan ekan: chinqirib yubordi. Joyidan sapchib ketdi. Orqaga yiqildi. Men ham o‘rmalab, tosh panasiga o‘tdim. U tipirchilayapti. Toqqa qarab tursam, bir toshning orqasidan sallali kishi chiqdi. Bo‘ynini cho‘zib bu yoqqa qaray boshladi. O’likni ko‘rmoqchi-da. Kallasini yo quloq-burnini kesib ketadi. YO avtomatini olib ketadi. Otdim sallalini. Surilib tushib keldi. Ustiga borib, yana otdim. Yo‘q... tushguncha o‘lib bo‘lgan ekan.
Miltig‘ini olib keldim. «Bur» degan miltiq ekan. Inglizlarniki. Bizning snayper miltig‘imiz bilan teng turadi. He, keyin ko‘p bolalar o‘sha miltiq bilan rasmga tushishdi.
Xullas, juda qo‘rqmas odam ham tez o‘lar ekan.
Men sizga boshqa narsani hikoya qilmoqchi edim. Yaxshiyam o‘rtog‘imning o‘limini aytdim.
Ana o‘shanda men birinchi marta yig‘ladim. Yig‘ladim-u, shundan keyin boshqa birovning yig‘laganini ko‘rsam, toqat qilolmaydigan bo‘lib qoldim.
Bitta yigit to‘rtinchi darajali bosh oshpaz ekan. Vzvodga kelishi bilan: «Men oshpaz bo‘laman», deb turib oldi. O’zimizda opshaz bor. Komandir: «Yo‘q», deydi. U bo‘lsa... yig‘laydi. Shunda bir-ikkita ruslar ham undan kulishdi.
U bir haftadan keyin birinchi jangda o‘ldi.
Sizga aytmoqchi bo‘lgan hikoyam yonimizdagi qishloqlik bir o‘zbek bola haqida.
O’n besh yoshda edi. Lekin... yirikkina edi. Gilam do‘ppi kiyib yurardi. Onasi, to‘rtta ukasi bor ekan.
O’sha bola menga bitta kuchukvachcha olib kelib bergandi. Qozoqi itga o‘xshaydi. Rasmiyam bor. Mana, oyoqlariga qarang, qanday yo‘g‘on... E, biz qishloqilar bilan yaqin bo‘lib qolgandik!
Bir kuni bosmachilar yaqin kelganini eshitdik. Jo‘nadik. Oldinda sapyorlar. Orqada biz. Dux ham ergashdi (men unga Dux deb ot qo‘ygan edim). Ha-ha, bosmachilarniyam ko‘pincha Dux deb atashardi uyoqda. Ular — tog‘ odamlari. Qo‘lga tushirish qiyin. O’ldirdim deb ustiga borsangiz, sizni otib qo‘yadi...
Ha-ha, Dux ham bizga ergashdi. It — it-da. Minani bosib qo‘yishi mumkin. Yo‘lda bir qismdan o‘tayotgandik, uni qoldirdim. Bir kladovkaga qamashdi.
Biz ketgandan keyin shu qismni tekshirishga komissiya kepti. Bitta kapitan haligi omonat uychaniyam ochiripti. Dux unga tashlangan ekan, u to‘pponchadan otipti. Oyog‘iga tegipti. Orqamizdan oqsab yetib bordi. Keyin... uni Hakim olib ketdi.
O’sha bola-da... Ba’zan men bilan gaplashib o‘tirardi. Nima? Qishloqqa oralagan bosmachilar haqidayam xabar berardi. Yo‘l ko‘rsatardi ba’zan.
— Sizlar O’zbekistondan kelib qolgan o‘zbeklarmi? — deb so‘rasam, dabdurustdan jahli chiqardi.
— Mumkin sizlar bizdan borib qolgan o‘zbeklar! — derdi.
Men ichimdan quvonardim. Bilasizmi, o‘zbek ekaningni bu yerda — Vatanda qadriga yetmaysan, eslamaysan ham. Ammo chetda... bilinar ekan. Birinchidan, tezda topishasan. Qaysi yurtdan ekanini so‘raysan. Suhbatlashasan. Tiling bir, urf-odating bir... U yerda judayam tez yaqinlashib, jigar bo‘lib ketasan ekan. So‘ngra men bir narsani ko‘rdim, aniqrog‘i, ishondim: bizning o‘zbek bolalari yaxshi urishar ekan! Mana munday kichkinasiyam tezda yuragini bosib oladi. Qarabsizki, avtomatni ko‘tarib ketyapti. To‘g‘ri, bizdan geroylar kam chiqdi. Lekin geroylik berish bizning qo‘limizda emas edi...
Nima? U yerdagi talay bosmachilar ham — menimcha, o‘zbeklar edi.
Xullas, haligi afg‘onlik o‘zbek bolayam bizga bir ukadek bo‘lib qoldi.
Suhbatimiz endi... U ko‘pincha Soyuz haqida so‘rardi. «Sizlar necha jon oilada?» deb so‘rardi. Tag‘in, bizni yaxshi ko‘rardi-yu, lekin qandaydir, nima desam ekan, hadiksirab qarardi. U bizga araq olgani borganidayam qandaydir qo‘rqib, ham jirkanib borardi. Yo‘q, ularda suxoy zakon!
Bir oqshom qishloq yaqinida bosmachilar paydo bo‘lganini eshitdik. Televizor ko‘rib o‘tirgan edik. Komandir buyurdi. Ketdik... O’sha joyga yaqinlashgach, raketa otdik. Haligiday osmonda to‘xtab turadigan raketadan. Mushakni kichkina parashut tutib turadi. Uch-to‘rt minut atrof kunduz kungidek yorishib turadi. Shunda otamiz!
Ular ko‘pchilik ekan. Otib boryapmiz, otyapmiz. Oxiri bittasi yaralangan ekan, uni tashlab qochishdi. Oldin borganlar uni tutib kelishdi. Qarasam, haligi Hakim...
Birdan burilib ketdim.
Qo‘rg‘onga qaytdik. Bu yer yop-yorug‘. Projektorlar ko‘p-da. Komandir ham shtabdan chiqib keldi. Uning yaqin do‘stlariyam. Bola o‘rtada zo‘rg‘a qiyshayib turibdi: o‘ng oyog‘idan qon sizib tushyapti. Meni ko‘rdi-yu, birdan yig‘lamoqqa tushdi-ku!
— Aka, meni o‘ldirasizlar. O’ldirmanglar. Ular meni olib ketishayotgan edi...
— O’lmaysan, o‘lmaysan, — dedim.
— Yo‘q. O’ldirasizlar!
— Hakim?
— Sizlar asir tushganni o‘ldirasizlar!
— Yo‘q, dedim-ku! Seni mana bular ham taniydi...
— Yo‘q, tanisayam o‘ldiradi.
Xo‘p, gapi-ku, mayli... Yig‘laganini aytmaysizmi? Chinqirib yig‘layapti deng!
O’lay agar, toqatim qolmadi. Qarasam, ba’zi o‘rislar kulishyapti undan. Shunda, ishonasizmi, kishida milliy tuyg‘u deysizmi, qandaydir or-nomus deysizmi, g‘alati bir tuyg‘ular uyg‘onib ketar ekan: o‘sha boladan emas, o‘zimdan kulishayotgandek bo‘ldi. Xudo haqqi! Yonimdagi o‘zbek bolalar ham unga yalina ketishdi:
— Yig‘lama. O’ldirmaymiz...
— O’ldirasizlar... Mening aybim yo‘q!
Qiziq gap-a? Uning aybi bor-yo‘qligini biz, xorijdan kelgan askarlar ajrim qilar ekanmiz.
— Qanday qilib ularning qo‘liga tushipti? — deb so‘radi shunda komandir.
Men undan so‘radim:
— Qanday qilib ularning qo‘liga tushding? Ana shunda bola paqir yig‘idan to‘xtadi:
— Men sizlarni yomon ko‘raman, — dedi.
— Sekin, ahmoq.
— Sizlar — bosqinchi... Nega bizning yurtga keldinglar? Tinchgina yashayotib edik...
— U yog‘ini hukumatingdan so‘ra, — dedim. — Tushundingmi gapimni?
— Hukumatim sotqin, — dedi.
Tavba.
Kimdir shunda bu gapni komandirga tarjima qildi. Bunday paytda hukm qat’iy bo‘ladi...
— Hakim endi o‘lasan, — dedim.
— Bilardim-da, xunxo‘rlar! — deb yana uvvos solib yig‘lay boshladi.
— Yig‘lama, — deyman. — Mard bo‘lsang, oxirigacha mard bo‘l, ukajon. Yig‘lab nima qilasan?
Bolalar yana qo‘shilishdi:
— Foydasi yo‘q. Yoshlik qilma... O’lim hammaning boshida bor... uka... Qo‘rqma.
Shunda u battarroq yig‘lasa bo‘ladimi! Qarasam, qishloq tomonda ham yig‘i bo‘lyapti. Chamasi, bolani ovozidan tanishgan. Lekin bizga yaqin kelisholmaydi.
— Uka, yig‘lamasang, seni olib qolaman, — debman shunda. — Mayli, otilib ketsam ham... Xo‘p degin. Seni qamab qo‘yaman. Kechasi chiqarib yuboraman.
— Yalg‘on! Yalg‘on! Sizlar qonxo‘r! Sizlar — o‘zbek emas! — deb tag‘in baqirishga tushdi.
Ha. O’zim avtomatni bo‘shatdim.
Shunda... yana tavba deyman, Dux o‘lgur allaqayokdan kelib, menga tashlanib qoldi-ku! Mana shu tomog‘imga intiladi deng. Uniyam otdim.
Qabristoniyam shunday yaqinimizda edi... Xotin, qiz, kampir degani shu kuni kechgacha mozorda o‘tirib yig‘lashdi. Men shunday holatga tushdimki, o‘zimni o‘zim otib qo‘yishimga oz qoldi. Kechqurun ular charchab uylariga ketishdi.
Biz ham yotdik. Qiziq, ko‘zimni yumsam, qaytaga Hakimning qiyshaygancha dod solib yig‘layotgani ham, Duxning bo‘ynimga sapchigani ham ko‘z oldimga keladi. Urug‘larining bo‘zlab yig‘laganlari eshitiladi.
Oxiri turib o‘tirdim. Yigitlar uyg‘oq, nasha chekishayotgan ekan.
— Mengayam o‘rab beringlar, — dedim.
— Chekmas edingiz-ku?
— Shoyad uxlasam... Ey, bolalar, «bizlar — bosqinchi»mi, a?
Bolalar miq etmadi.
— Nahotki Hakim haq bo‘lsa?
Yana jimjitlik.
... O’n yillardan keyin ularning «dux»lari — bosmachi emas, biz — Sovet askarlari — haqiqiy bosmachi ekanimizni tushundim.
Biz g‘aflatda qolgan avlod ekanmiz.
Ana buning uchun yig‘lasa arziydi.
1988
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 83416793

Yandex