Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Jahon Oro begim

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.
Alisher Navoiy
 
 

Jahon Oro begim Chop etish uchun E-mailga yuborish
Jahon Oro begim Shoh Jahonning katta qizi. U 1614 yilda tug‘ilgan. Shoh Jahonning taxtga o‘tirish marosimida Jahon Oro begim 14 yoshda edi. Otasi unga 40 mnng dona yoqut javohir in’om etib, yana yiliga 600 ming rupiya miqdorida nafaqa belgilagan edi.
Onasi Mumtoz Mahal begim vafot etgan chog‘da Jahon Oro begim o‘n yetti yoshda edi. Binobarin, onasining vasiyatiga ko‘ra, shoh oilasini boshqarish uning zimmasiga tushdi. Jahon Oro begimning jismi ismiga monand bo‘lib, husn-latofatda, aql-idrokda va ilmu odobda tabiat unga saxiylik qilgan edi. Boz ustiga, yaxshigina g‘azallar bitardi. Shoh Jahon bu qiziga alohida mehr ila qarardi. U Mumtoz begimdan qolgan barcha boylik va mulklarni shu qiziga topshiradi.
Oqila Jahon Oro begim oilada aka-ukalar o‘rtasidagi kelishmovchilik, hatto otasi bilan ukasi Avrangzeb oralarida kelib chiqadigan mojarolarni ustalik bilan bartaraf qilishga mohir edi. Uning saroyda obro‘-e’tibori orta borib, asta-sekin onasi Mumtoz Mahal begimning mavqeini egallay boshladi. Zotan, Jahon Oro begim saltanat ishlarini boshqarish, ichki va tashqi siyosat, diplomatiya masalalarida otasiga foydali maslahatlari bilan yordamlashar edi. Unda bobokaloni Boburshohga o‘xshash me’morchilik va obodonchilik ishlariga qiziqish va havas katta edi. Binobarin, Agrada qurilgan jome’ masjidining tarxi (loyiha) Jahon Oro begimning qalamiga mansubdir. U Dehli, Surat, Ambola, Behal va Panipat shaharlarida karvonsaroylar qurdirdi, Lohurda esa orombaxsh katta bog‘ bunyod ettirdi. Jahon oro begim mamlakatdagi g‘arib-g‘urabo va faqirlarga moddiy yordam uyushtirib, kambag‘allar uchun uy-joylar qurdirdi. Shuningdek, Kashmirda «Pari Mahal» (Parilar saroyi) nomli ajoyib bog‘ barpo qildi, Shahdxonobodda Alimarlonxon arig‘ini qazdirib, naqshkor hovuz qurdirdi. Jahon Oro begimning ilm-fan bobida ham qalam tebratgani tarixdan ma’lum. Chunonchi «Risolayi sohibiya» (Do‘stlik haqida risola) asari mavjud.
1658 yili taxt talashgan Avrangzeb Olamgir o‘z akasi Doro Shukuhni mag‘lubiyatga uchratib, ukasi Murod Baxshni zindonga tashlaydi. Bemor, xasta otasi Shoh Jahonni hibsga olib, Agradagi «Qizil qal’a» nomli saroyda nazoratda saqlaydi. Ukasi Avrangzebning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan Jahon Oro begim mamlakatni aka-ukalar o‘rtasida taqsimlashni, jumladan Doro Shukuhga — Panjobni, Murod Baxshga — Gujarotni, Shoh Shujo’ga — Bangolni, Avrangzebning katta o‘g‘li (zindonda edi) Muhammad Sultonga — Dekanni bo‘lib berishni maslahat beradi. Ammo, Avrangzeb bu taklifni qabul qilmaydi.
Ota-bola, aka-ukalar va do‘stlar orasiga tushgan nizo va ularning fojiali qismati Jahon Oro begimni qattiq iztirobga soladi. Dilxasta malika dunyo ishlaridan qo‘l yuvib, mahbuslikda kun kechirayotgan xasta otasiga xizmat qilish bilan o‘ziga taskin beradi. U 1658 yildan to 1666 yilgacha «Qizil qal’a qasrida mahbuslikda yotgan otasi Shoh Jahonning xizmatida bo‘ladi. 1666 yilda Shoh Jahon mahbuslikda, g‘aribona ayanchli ahvolda, o‘z sevikli yori Mumtoz Mahal uchun qurdirgan Toj Mahal maqbarasidan ko‘z uzolmay, qizi Jahon Oro begim qo‘lida hayotdan ko‘z yumdi.
Jahon Oro begim garchi shoh qizi bo‘lsa-da, tabiatan kamtar va oliy himmatliligi tufayli boylik hamda shon-shuhratlarga qiziqmagan. U 1681 yilda oltmish yetti yoshida vafot etdi. Uni Dehlidagi Zarzari Baxsh qabristoniga dafn etadilar. Har holda, o‘zining vasiyatiga muvofiq bo‘lsa kerak, qabriga qo‘yilgan oddiy qabr toshiga shunday bayt yozilgan:

Ba g‘ayri sabza napo‘shad kase mazori maro,
Ki qabrpo‘shi g‘aribon-hamin giyoh bas ast.


Mazmuni: «Yashil maysadan o‘zga hech kim qabrimni yopmasin, toki g‘ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o‘zi kifoyadir».

Turg‘un Fayzievning “Temuriy malikalar” kitobidan olindi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89434873

Yandex