Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Xojanazar Huvaydo (1704-1780/81)

17.12.2018 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Hozir saytda
Hozir saytimizda:
$guest_array mehmonlar online
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Alloh taoloning birligi va borligini Muso (alayhissalom) millatiga, Iso (alayhissalom) ummatiga, Muhammad (alayhissalom) butun insoniyatga bildirdi”.
Napoleon, Fransiya imperatori
 
 

Xojanazar Huvaydo (1704-1780/81) Chop etish uchun E-mailga yuborish
She'riyat - O'zbek klassik she'riyati
Huvaydo (taxallusi; asl nomi Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li) (1704 — O‘sh shahri — 1780/81, Farg‘ona viloyati Chimyon qishlog‘i) — shoir, tasavvuf she’riyatining yirik vakili. Qo‘qon madrasalarida o‘qigan. Qishlog‘ida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shug‘ullangan. Otasi G‘oyibnazar so‘fi Qashqardagi Ofoqxo‘ja eshonning muridlaridan bo‘lgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan.
Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga ko‘ra, Huvaydoga «Xo‘janazar» ismining qo‘yilishi ham Ofoqxo‘ja bilan bog‘liq. Huvaydo mumtoz she’riyatning deyarli barcha janrlarida ijod qilgan. She’rlari xalq orasida juda mashhur bo‘lgan. Huvaydo axloqiy-didaktik yo‘nalishdagi mazmunan teran, uslubiy go‘zal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan shoirdir. Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Yassaviy, Navoiy, So‘fi Olloyor, Mashrablarning tasavvufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining ta’siri katta bo‘lgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi orifona, dunyoviy she’rlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi she’rlarida ham mazkur shoirlar an’analarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan.
Huvaydo she’rlari vafotidan so‘ng nabiralari tomonidan devon holiga keltirilgan. Unga shoirning 351 g‘azal, 28 ruboiy, 41 to‘rtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi «Rohati dil» manzumasi kirgan. Devondagi ilk she’rlarida ro‘za, namoz, zakot, haj, jannat va do‘zax bilan bog‘liq mavzular yoritilgan, g‘urur, manmanlikni tanqid qiluvchi, tavoze’, qardoshlik va to‘g‘riso‘zlikni ulug‘lovchi hikmatlarga keng o‘rin berilgan («Darig‘o, hayf, odam...», «Kuygay», «Kimga borib dod etayil..» va b.). Huvaydoning she’rlarida tasavvufiy unsurlar — nafsni jilovlash va dunyodan o‘zni uzoq tutish bosh g‘oyalardan biri. Dunyo lazzatining insonni baxtli eta olmasligiga ishongan shoir Allohga, abadiy baxtga erishmoq uchun inson o‘zligidan kechmog‘i kerakligini anglaydi (mas, «Ango», «Qilding» radifli she’rlari va b.). Shoirning «Rohati dil» axloqiy manzumasi pandnoma turining go‘zal namunasidir. Unda ochko‘zlik, ta’magirlik, vafo, boqiylik, foniylik, yaxshilikning foydasi, yomonlikning zarari, go‘zallik va mehnatsevarlik, moddiy va ma’naviy poklik kabi xilma-xil axloqiy mavzulardagi ibratli hikoyalar keltirilgan. Huvaydo diniy-axloqiy mazmundagi «Ibrohim Adham» nomli she’riy doston ham yozgan. Huvaydo vafotiga bag‘ishlab uning shogirdlari, muxlislari tomonidan marsiyalar, ta’rixlar yozilgan. U haqda ibratomuz rivoyatlar, yodnomalar paydo bo‘lgan. Shoirning otasi G‘oyibnazar Eshon shajarasi daxmasi hozir ham ziyoratgoh joylardan hisoblanadi.
«Devoni Huvaydo»ning bir qancha qo‘lyozma nusxalari va litografik nashrlari bo‘lib, ulardan chevarasi Salohiddin Soqib (1838—1910) va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Marg‘iloniylar ko‘chirgan nusxasi SamDU kutubxonasida saqlanadi (inv. ?3903).
Huvaydoning nabirasi Sirojiy (1877 yil v. e.), chevaralari Samarbonu (1837— 1891), Salohiddin Soqib, G‘aribiy devon tuzgan shoirlar bo‘lib, Huvaydo an’analarini davom ettirganlar. Huvaydo nomida ko‘cha, mahalla va maktablar bor.
Begali Qosimov

 
* * *

Ko'rmay ey, dilbar, yuzungni, bo'ldi ahvolim xarob,
Rahm etib k?lsang na bo'lg'ay xasta jonimni so'rob.

Holi b?moru g'arib so'rmak savobdur b?adad
Ermish, ey yorim, sanga hargiz k?rakmasmu savob?

Soyai g'amda qolibman, kulfatimdur b?hisob,
T?gmadi man zarrani boshig'a hargiz oftob.

Toliu baxti zabundurman n?tay, ey dilrabo,
K?lmadi oyo n?chuk san d?b mani zolim so'rob.

Oh ursam saqfi gardung'a t?gar ohim o'ti,
Shiddatidin o't chiqib aylab sado yig'lar sahob.

Qil hazar ohim o'tidin, ey nigori nozanin,
Bo'lsa jo'sh ohimg'a y?ru ko'k qilmas h?ch tob.

N?cha yildurkim, nigoro, ostonang yostonib
Supurub mujgon bilan, s?ptim ko'zum yoshidin ob.

Qilmading h?ch loyiqoti xizmatim, ey moh ro'y,
Ori-ori boqmadIng bir yo'l olib yuzdin hijob.

Ey Huvaydo, yurmading san bir dami b?g'am bo'lub,
Xotiring bo'ldi saranjom oqibat bo'lg'ung turob.

                                   * * *

Bir buzuq vayronadur ul uydakim yor o'lmasa,
Yor ila obod erur ul uyda ag'yor o'lmasa.

Goh ko'runub, goh qochar oshiqlarin kuydurgali
Ishq lazzat b?rmag'ay dilbarki ayyor o'lmasa.

Oshnoliqni uzub yor andin aylar ihtiroz
Ul kishikim yoridin birdam xabardor o'lmasa.

Ko'p balo o'qin otar oshiq sari, oshiq emas
Ko'ksin ochib yorini oldida tayyor o'lmasa.

Bo'lmag'ay ohu fig'on tong otqucha b?dorlik,
Oshiqi dilxastani yori sitamkor o'lmasa.

?b yotib orom ila oshiqlig'i b?kor erur,
Charb shirin ?b ichardin kimki b?zor o'lmasa.

Avval o'zung qil amal, so'ngra nasihat elga d?,
Ey Huvaydo, so'zlama sanda amal bor o'lmasa.

                   * * *

Arzimni aydim bodi sabog'a,
Yetkursa holim ul dilrabog'a.

Qilsa xudoyim ko'nglin muloyim,
Rahm aylag'aymu man mubtalog'a?!

Qilg'aymu xayrin o'z qo'li birla,
Borsam ko'yiga miskin gadog'a?

D?di raqiblar yorg'a yomonlab,
Soldi judoliq naylay arog'a,

Ko'nglumda yo'qtur zarra gumonim,
Kimki yomondur soldim xudog'a.

Holimni aytsam yorim inonmas,
Emdi qo'yubman yavmuljazog'a.

Yorsiz kishini firdavsi yo'qtur,
Suydim sanamni qoldim balog'a.

Dushmanlarining nozu, niamda
Parvarish aylab soldi g'inog'a.

Do'stini yorim ranju alamda
Qo'ydi el ichra javru jafog'a.

Miskin Huvaydo sabru tahammul
Aylab,hamisha yig'lar xudog'a.


                * * *

Rahm aylasang-chi d?vonalarg'a,
Ishqingda bo'lg'an afsonalarg'a.

Aylab judoliq, ey hamnishinim,
Qilding jafolar g'amxonalarg'a.

Kuydurma jonim rashk o'ti birla,
Ochib yuzungni b?gonalarg'a.

Sajda qilay d?b, shirin, butimg'a,
Bordim so'roqlab butxonalarg'a.

Maygun labingdin bir bo'sa b?rgin,
Sinsun xumori mastonalarg'a.

Har dam tilarman husni kamoling,
Urub boshimni ostonalarg'a.

Yondur, kuyoyin xilvat ichinda,
Sham'i jamoling parvonalarg'a.

Ishqingni ganji vayron ko'ngulda,
Qo'ysang turarmu koshonalarg'a.

                 * * *

Icharg'a boda sahar mavsimi chaman yaxshi,
Navoyi mutribu xush majlis, anjuman yaxshi.

Suzub piyolai mayni, yig'ilsa ishrat eli,
Sunarg'a mug'bacha may kosai Xo'tan yaxshi.

Xush o'tkar umri azizing jahon g'amini ?may,
May ich, tiriklik aro sihhati badan yaxshi,

Kishikim ichmasa mayni tirik emas, o'lgan,
Aningd?k odamig'a go'r ila kafan yaxshi...

                        * * *

H?ch kishiga so'zlamasdim, dod etdurdi falak,
Ko'p xaloyiq oldida faryod etdurdi falak.

Arzi holim yetkud?k bir yoru hamdam topmadim,
Shod ko'nglumni, n?tay, noshod etdurdi falak.

Man g'aribu xastani hardam firoq o'ti bilan
Kuydurub, ko'kka kulum barbod etdurdi falak,

Soldi ko'ngul saydig'a har lahza g'am shahbozini,
G'amni man b?chorag'a sayyod etdurdi falak.

Ey Huvaydo,bo'lma qul bu charxi kajraftorg'a,
Lahzada yuz sh?valar bunyod etdurdi falak.

                           * * *

Sani ishqingdin, ey dilbar, ajab d?vonalar bo'ldum,
Xaloyiqg'a bo'lub kulgu, basi afsonalar bo'ldum.

Qilur ta'na ko'rub harkim manim holimg'a, ey mohnm,
Bu elni og'zida har go'shada afsonalar bo'ldum.

Hama qavmu qarindoshim mani ko'rsa qilur nomus,
Baridin yuz o'gurdum, bir yo'la b?gonalar bo'ldum.

Sani ilkingdin, ey dilbar, muhabbat jomini ichsam,
O'shal kundin b?ri bilmay o'zum mastonalar bo'ldum.

Shabiston ichra, ey yorim, jamoling sham'ini ko'rdum,
Boshingdin o'rgulub har subhidam parvonalar bo'ldum.

Visoling izlabon, dilbar, Huvaydoyi g'arib miskiya,
Gadolard?k so'rab eldin yurub ovoralar bo'ldum.

                            * * *

Na qildim sango man, yorim, jamolingdin judo qilding,
Boshimda gardi g'amni chun charog'i osiyo qilding.

Hamisha kuydurub sham'i firoqing birla jonimni,
Mani parvonani xokistarini z?ri po qilding.

Judolig' aylar ekansan, oyo Laylivashi Shirin,
N? d?b avval o'zungg'a man g'aribni oshno qilding.

Nigoro, bori g'am birla faqiru notavon aylab,
Alifd?k qomatimni lom alif yanglig' duto qilding.

Firoqing osmonidin solib bir barqi olam so'z,
Vujudim xirmanin o'rtab, ado qilding, ado qilding.

O'shal ro'z?: 'Bilurmusan mani?' d?b aytding, ey yorim,
'Bal?' d?dim, sani suydim, baloga mubtalo qilding.

Ayo dilbar, Huvaydod?k balokashni eshiklarda,
Solib ko'zdin b?navo, zoru gado qilding.

                         * * *

Sabo y?tkur salomimni qaddi sarvi ravonimg'a,
Qaro ko'zluk, qaro kokul o'shal shirin zabonimg'a.

Yotibdir bir g'aribi zor o'lib og'ishtai tufroq,
Bu holimni borib aytg'il mani oromijonimg'a.

Mani boshim ani yo'li arog'a har balo k?lsa,
Boqarman, ey birodarlar, qachon sudu ziyonimg'a?

Falak charxi uzildi-yu, yiroq soldi mani andin,
Qachon qo'shg'ay xudovandim aningd?k m?hribonimg'a?

Ani dardu firoqi o'lgucha mandin judo bo'lmas,
Taralmish jismima jond?k tamomi ustixonimg'a.

Huvaydoni firoqiga oni h?ch k?lmadi rahmi,
Qaro toshlar su bo'ldi rahm etib oxu fig'onimg'a

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 74857263

Yandex