Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Telefonmi yoki?

08.08.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Dushman aldoviga uchma; maddoh xushomadini chin dema. Dushmanning g’arazi o’z yomon niyatiga yetmoqdir; maqtovchining maqsadi — xorlik bilan sendan in'om olmoqdir. Agar ikkalasiga iltifot qilmasang va qabul qilishni lozim bilmasang, biri o’z maqsadining ijrosidan to’xtaydi va tadbiri mujmal bo’ladi va ikkinchisining maqtovi hajvga aylanadi.
Alisher Navoiy
 
 

Telefonmi yoki? Chop etish uchun E-mailga yuborish
http://www.ziyouz.com/images/tilpon.jpgSoat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek.

Mashq qilishni boshlarkanman, telefonimdagi vaqt o‘lchagichni yoqaman. Kecha yugurishimga ketgan vaqt bilan bugungisini solishtirishim kerak-da. Soat yettiga yaqinlashar ekan, telefonim yana jiringlab bugungi dars jadvali, rejadagi ishlarimni eslatadi.

Nonushtadan so‘ng telefonda musiqa tinglab darsga otlanaman. Yo‘l bo‘yi telefonim kamida 3-4 marta jiringlaydi.

- Allo, Sanobar, qalay ishlar? Yaxshi dam oldingmi?

- Ha, yaxshi, o‘zing qalaysan?

- Bo‘ladi. Bugun qanday darslar bor?g‘

Ularga dars jadvalini eslatib qo‘yish mening burchimday gap. Har kuni shu ahvol.

«Excuse me, boss, you have a text message». Xabar keldi. Partadoshimdan ekan. «Besh minut kech qolaman. Ustozga aytib qo‘y». «Okey», deb javob jo‘natdim. Darsga kirarkanman, telefonimni ovozsiz holatga o‘tkazdim va o‘qituvchi kelishi bilan diktofonni yoqib qo‘ydim. Qolib ketgan joyimni uyda bemalol konspekt qilib olishim mumkin-da.

Guruh jurnalini to‘ldirish-zimmamdagi vazifa. Taqvim kerak bo‘lib qoldi. Uni uch yil oldingiday daftar muqovasidan emas, telefonimdan qidirdim. Uchinchi darsimiz «Interaktiv jurnalistika». «Yoshlar» radiokanalidagi birorta interaktiv dasturni tahlil qilib yozishimiz kerak edi. 11-20dan 11-50gacha katta tanaffus. Yozishga bemalol ulgursam bo‘ladi. Darrov quloqchin(naushnik)ni oldim-da, telefonimdan radio eshita boshladim. Yetarlicha ma'lumot to‘play olmadim. Bir nechta sanalarga aniqlik kiritish kerak. Shu radioning saytidan ma'lumotlar olsam bo‘ladi. Yaxshiyam telefonimga «Opera» dasturini yuklab olgan ekanman. Tarmoqqa ulanib, kerakli ma'lumotlarni oldim, internet kafega borib kelishimga ketadigan vaqtimni tejadim. Mana, uyga vazifayam tayyor bo‘ldi.

To‘rtinchi soatda oraliq yozma ish bo‘ldi. Bu gapni hech kimga aytmang-ku-ya, biz «shpargalka»ning yangi turini o‘ylab topganmiz. Daftardagi konspektni telefonda suratga olib qo‘yamiz va uni kattalashtiramiz. Hech qanaqa qiyinchiliksiz, muammosiz «shpargalka» tayyor.

Shunday qilib, dars tugadi. Uyga qaytarkanman, negadir beixtiyor cho‘ntagimdagi telefonimni topaman, uning borligi ko‘nglimni tinchlantiradi. Telefon shunchaki buyum emas, do‘stimga - doimiy hamrohimga aylangan.

Kechagi kunga nazar

Tez holsizlanish, xotiraning pasayishi, bosh og‘rig‘i, quloqchinning zarari kabi ko‘plab noxushliklarga qaramay, bugun uyali telefonga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda.  O‘ylab qolasiz, bunga sabab, uyali telefonning shakllari, imkoniyatlari, funktsiyalarning ko‘payishi emasmikin? Ma'lumki, telefon paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uyali telefonlar esa bor-yo‘g‘i 55 yillik tarixga ega. O‘zbekistonda uyali telefonning ommalashgan davri yaqin o‘n yillikni o‘z ichiga oladi. Keling, uning tarixiga bir bor nazar tashlaylik.

Bugun insoniyat o‘zining rivojlanish cho‘qqilaridan biriga chiqdi. Bir paytlar xizmat doirasi 500 metrdan oshmagan kashfiyotchi Aleksandr Bellning «gapiruvchi apparati» hozirda umuman boshqa ko‘rinishda butun dunyo bo‘ylab aloqani ta'minlayapti. 1876 yilda ilk telefon paydo bo‘lgan bo‘lsa, 2ta go‘shakli apparatlarni ilk marta «Siemens» firmasi 1877 yilda ishlab chiqardi. 1878 yili AQShda birinchi telefon stantsiyasi ish boshladi. Telefon yaratish sanoati ana shunday tezlik bilan rivojlandi. Uyali radioaloqaning paydo bo‘lishi esa 1950 yil 3 dekabrga to‘g‘ri keladi. Voqea quyidagicha bo‘lgan edi. Uni kashf qilgan «Televernet»(Televernet) kompaniyasi muhandisi Styure Lauren ko‘chada mashinasida turgan holatda ofis bilan bog‘lanadi. Bu o‘sha davrning mo‘jizasi edi.

1969 yili Stokgolm texnik maktabining bitiruvchisi Esten Myanitalo barcha telekommunikatsiya kompaniya-
larini uyali aloqaning yagona tarmog‘iga birlashtirish fikrini bildirdi. Uni shu sababli ham bugunda «uyali aloqaning otasi» deb atashadi. 1992 yili esa telefon orqali xabar(sms) jo‘natish imkoniyati tug‘ildi. Neyl Penuars o‘z telefonidan birinchi bor SMS jo‘natgan kishi sifatida tarixda qoldi. Hozirda yozma xabar aloqa operatorlarining asosiy daromad manbai bo‘lib qoldi. Masalan, Xitoyda 2008 yilning o‘zida 700 mlrd. ienaga teng miqdorda SMS jo‘natilgan.

Yuqorida keltirilganlar shunchaki sana yoki faktlar emas. Bugunning o‘zidayoq texnikaning rivojlanish tezligi juda oshib ketgan. Insoniyat oldidagi imkoniyatlar yaqin o‘n yilliklarda bundan ikki yoki uch barobar kengayishi  kutilmoqda.

Shaklmi, sifat?

Aytishlaricha, birinchi telefonlarda raqam terish imkoniyati bo‘lmagan ekan. Go‘shakni ko‘tarishingiz bilan kommutator(aloqachi)ga ulanib, kerakli raqamni aytsangiz, u aloqani ta'minlagan.

Bugungi mobil telefon bilan uni solishtirish juda kulguli tuyulishi mumkin, lekin shaklning naqadar o‘zgarganini bilish uchun bu zarur. Holbuki, 2008 yilgi ma'lumotlarga qaraganda, dunyoning 60 foiz (4 mlrd.) («Ekonomist» nashri) aholisi uyali telefondan foydalanyapti. Demak, shaklga bo‘lgan e'tibor shuncha odamda mavjud.

«Nokia» kompaniyasi «Nokia 8208 Ci-Di-Em-Ey» telefonini taklif qilyapti. Displeyi 56,1 mm.ga teng bu telefonda 3 megapikselli kamera, G‘M tyuner, blutus(vluetooth) 6PK va telefonning o‘zida 150 megabaytli xotira mavjud. Shuningdek, 16 megabaytlik mikro kompakt diskni «o‘qiydi». «Kempler C Strauss» (Kempler S Strauss) esa 48 grammli soat telefonlarni taklif qilmoqda. «Fon Voch»da 38,25 mm.li sezuvchan displey, Ji-Es-Em, blutus, 4 megabaytli mikro kompakt disk bor. «Samsung»ning yangi mobil telefonlari quyosh batareyasida ishlaydi. «Skay» kompaniyasi 2010 yildan boshlab «3D» shaklli translyatsiyani yo‘lga qo‘yadi. Bu telefonda kunlik kinolar, shoular, musobaqalar deganidir.

«Toshiba»ning «TOO2» uyali apparatini sotib olsangiz, uni elektr quvvati bilan ta'minlash shart emas. U suv va havo reaktsiyasidan hosil bo‘lgan energiya hisobiga 13 kun ishlab berishi mumkin. Telefonda tushgan suratlaringizni chop etish muammo tug‘diryaptimi? Unda «Dell» kompaniyasidan «Vasabi Pi-Zet 310» mobil printerini sotib olsangiz - muammo hal.

Yuqoridagilar - reklama peshtaxtalaridan bir lavha. O‘ylab qolaman, biz telefonning qo‘shimcha funktsiyalariga e'tibor berib, uning birlamchi vazifasi - aloqani chetga surib qo‘ymayapmizmi? Shaklga e'tibor berib, sifat esdan chiqmadimikin? Chunki hozirda «Blekberri»ni ortda qoldirgan «Konsyumer reports»ning «Palm pre»si ishlash davomiyligi, funktsiyalarining ko‘pligi bilan hammasidan ustun bo‘lsa-da, aloqa sifati bo‘yicha oldinda emas.

Ajablanaman, nega telefonga uning kamerasining faoliyatiga yoki «3 Ji-Es»ning mavjud yoki mavjudmasligiga qarab baho beramiz? Nima bo‘lsa ham, u telefon - muloqot vositasi-ku! Lekin shunga qaramay uning qator qulayliklari bor:  diktofon, fotoapparat, radio, Mr 3, SMS va MMS, internet, yon daftarcha, 3 Ji-Es, hisoblagich(kalkulyator), vaqt o‘lchagich, TV, blutus.

Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, kun sayin u yanada kattalashmoqda. Natijada, inson va telefon o‘rtasidagi munosabatlarning chuqurlashishiga olib kelyapti. Shu o‘rinda, telefonga bu qadar bog‘lanib qolishning oqibatlarini ham o‘rganib chiqish kerak emasmikin, deb o‘ylab qolaman. Axir, Amerika qit'asidagi arilarga uyali aloqaning ta'siri, ya'ni ularning kamayib ketayotganligi, telefonda ko‘p gaplashish oqibatida xotiraning pasayishi, turli bosh og‘riqlari, holsizlanish kabi noxush holatlar hozircha bir ogohlantirish emasmi? Bularni ko‘ra-bila turib, telefonga qattiq bog‘lanish esa undan-da ayanchli. Qolgani telefonda gaplashib bo‘lmaydigan gaplar.

Sanobar Jumanova,
«Ma'rifat» gazetasidan olindi.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 90147343

Yandex