Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Izzat Sulton (1910-2001)

29.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi.
• Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
Xitoy maqollari
 
 

Izzat Sulton (1910-2001) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/izzat_sulton.jpgYirik adabiyotshunos, iste’dodli dramaturg Izzat Sulton 1910 yil 21 noyabrda O‘sh shahrida hunarmand oilasida tug‘ildi. Otasi vafotidan keyin bolalar uyida tarbiyalandi. 1924 yilda u Toshkentga o‘qishga keladi. Avval «Namuna» ish maktabi, so‘ngra ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qiydi. Texnikumni tamomlagach, maktablarda o‘qituvchilik qiladi.

Izzat Sulton 1930 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qiydi. Samarqand shahrida chiqadigan «Batrak» gazetasi muharririyatida mas’ul kotib bo‘lib ishlaydi. 1934 yili Til va adabiyot instituti aspiran-turasiga kirib, uni 1937 yilda tamomlaydi. 1943—1948 yillarda davlat rahbarlik lavozimlarida xizmat qiladi. 1948 yildan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot instituti (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti)da ishlagan.

Izzat Sulton 1932 yildan boshlab vaqtli matbuotda adabiyotshunoslikka oid maqolalarini e’lon qilib kelgan. U «Adabiyot nazariyasi» (1939, 1979) darsligini yaratgan. Tadqiqotchining ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan qator asarlari alohida ahamiyatga ega. U keng qamrovli olim, adabiyotshunos sifatida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot, zamonaviy adabiy jarayon, qardosh va jahon adabiyoti, adabiyot nazariyasiga oid o‘nlab yetuk asarlarning muallifidir.

Izzat Sulton badiiy adabiyot sohasida ham barakali ijod qilgan. Ilk dramatik asari «Burgutning parvozi» (1939) zamondoshlarini Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jihatidan muhimdir. Uyg‘un bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy» (1940) asari o‘zbek dramaturgiyasining yutuqlaridan biri bo‘ldi. «Noma’lum kishi» (1963), «Imon» (1960) dramalarida axloq normalari, zamonamiz kishilarining fazilatlari ulug‘langan. Yozuvchining yangi dunyo bilan xurofot olami o‘rtasidagi kurashni, yangilikning bu kurashda qudratli kuch ekanini ko‘rsatgan asari «Fidoyi»dir (1966). «Ko‘rmayin bosdim tikanni», «Ibn Sinoning bolaligi», «Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlari» asarlari uning ijodida muhim o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981) Beruniy nomidagi Davlat mukofotining laureati (1970), «Shuhrat» medali sohibi (1992) Izzat Sulton 2001 yil 29 iyul kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91479560

Yandex