Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Usmon Nosir (1912-1944)

29.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
O`rganish hech qachon kech emas.
Kvintilian
 
 

Usmon Nosir (1912-1944) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/usmon_nosir.jpg30-yillarning ko‘zga ko‘ringan, el og‘ziga tushgan iste’dodli shoiri Usmon Nosir 1912 yil 13 noyabrda Namangan shahrida dunyoga keldi. Yoshligi Qo‘qonda bolalar uyida o‘tgan Usmon o‘rta maktabni bitirgach, 1931 yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universitetining til va adabiyoti fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi.

Usmon Nosirning ilk she’rlari maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda ko‘rina boshlagan edi. Shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod» (1934), «Yurak» (1935), «Mehrim» (1936) kabi she’riy to‘plamlari, «Norbo‘ta» va «Naxshon» dostonlari birin-ketin nashr qilindi. Uning «Norbo‘ta» (1932) asarida O‘zbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, «Naxshon»da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan bo‘lsa, antik dunyodagi qullar kurashi «Nil va Rim» kabi poetik asarlarida o‘z aksini topti.

Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan.

Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida Pushkinning «Boqchasaroy fontani», Lermontovning «Demon» («Iblis») dostonlari o‘zbek kitobxonlarining qalbiga yetib borgan.

Jo‘shqin iste’dod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatag‘on davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini sho‘ro lagerlarida azob-uqubatda o‘tkazib, tutqunlikda 1944 yili vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91481011

Yandex