19.06.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8281
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 31248840
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
Salom Men yaqinda inyazni ingliz filalogiza fakultetini bitirdim,gramm...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Tushimda oq salla o\'ragan katta bir mullo o\'qib yotibdi, o\'s...
To'liq...

Lobar Azizxo‘jayeva (1991-yili tug'ilgan)
ajoyib sherlar ijodingizga omad
To'liq...

Nuriddin Ismoilov. Kechir meni, Ra’no (hikoya)
Nuruddin akani Asarlarini diyartli hammasini ùýéøè chiqanmam va u asar...
To'liq...

Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
Kiritganlarga kattokon rahmat, o`qib mazza qildim. Sog`lik-salomatlik,...
To'liq...

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Ushbu kitob boyicha kino ishlanganmi yoki yoqmi? Sms ga javob yozingla...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'TKIR HOSHIMOV vafotini eshitib o'ylanib ...
To'liq...

Vahobjon Rahimov
Salom sog'-salomat yuribsizmi xikoyangizni o'qib chiqdim rahmat sizni ...
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
Ota-nasi tirik insonlar, bu dunyoda har bir kun o'tkinchi, har bir kun...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
o'tkir xoshimov the best writer
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
ONA-bu yorug' olamdagi eng ulug', eng mo'tabar zot! U kishi tug'ulgan...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Øó òóí òóøóìäà áóíäàí 50êóí÷à èëãàðè êàçî êèëãàí àìàêèì êèðèáäè ó êèø...
To'liq...

Daniel Defo (1660 - 1731)
Ko'proq ma'lumotlar bo'lsa yaxshi bo'lardi,ayniqsa asarlari to'g'risid...
To'liq...

Pirmat Shermuhamedov. Chingizxonni ulug‘lashdan maqsad nima?
xa tarix biz yowlar uchun muxim rol 0'ynaydi.qolaversa bizdan keyingi ...
To'liq...

Zamburug’lar
shu mavzu bo'yicha kasallamgan bemorlarni savollariga kim javob beradi...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Mashhur payg‘ambarlar va fotihlar orasida hayoti Hazrati Muhammadning (alayhissalom) tarixidek eng ko‘p va barcha nuqtalarda batafsil o‘rganilgan shaxs yo‘q”.
Jon Devenport, ingliz olimi
 
 
Shodiyor Hazrat Ismat. Nazr (hikoya) Chop etish uchun E-mailga yuborish

U qattiq “uf” tortganicha yostiqqa yonboshladi. Ne qilarini va qanday yo‘l tutishini bilmay qoldi. Avvaliga o‘zi ham gumonsiradi. Shubhalandi. Biroq jo‘yali dastak topa olmadi.Tusmol shu ediki, Nazrning xotini – Xosiyat kimligi noma’lum bo‘lgan erkakka ko‘z suzibdi. Hattoki, u bilan don olishib yurganmish. Buni falonchi ko‘ribdi. Xullas, mana shunday gaplar qishloqqa oraladi. Boshida bu gap-so‘zlar Nazrning qarindoshlarining quloqlariga chalindi. Ularning hammasi Xosiyatdan hayiqib qoldi. Undan jirkina boshlashdi. Ular asta-sekinlik bilan Nazrning uyidan qadamini uzishdi.
Nazrning g‘iybatga, gap-so‘zga o‘chroq ukasi – Orolboy kishibilmas josuslik harakatiga tushadi. U qishloqning ob-havosini yaxshi biladigan – Eshqobilni topdi. Ikkalasi uzun-qisqa bo‘lib, qirning ustiga chiqishdi. Choponlarini yerga tushab, yonboshlab olganlaricha ko‘chadan o‘tgan-ketganlarning yurish-turishini sharhlashardi. Gurung endi avj pallasiga yetganida Orolboy gapni maymunlarga burib yubordi:
-Odamni maymundan tarqagan deydi, shu gap rostmikan-a, Eshqobil?
-Qo‘ysang-chi Orolboy. Mulla Turdi har kuni machitda odam maymundan emas, Odam Ato bilan Momo Havodan tarqagan deb va’z qiladi-ku!
Lekin shunday bo‘lsa, nega hozirgi maymunlar odamga aylanib qolmaydi, - deya Eshqobil ajablanadi.
-Maymunni sergak hayvon deyishadi? – savolnoma qaraydi Orolboy.
-Bilmasam, maymun boqib ko‘rmaganman, - deydi Eshqobil.
-Ilgarilari podsholarning saroyida maymun saqlagan ekan, - deydi Orolboy sirligina qilib.
- Nima uchun, maymun olampanohning gazagiga dorimikan? – deydi Eshqobil gapga tushunmayroq.
Orolboy sherigiga irshayib qaraydi-da, ul nodonga maymunning siru sinoati haqida uzundan-uzoq ma’ruzasini boshlaydi:
-Maymun hushyor va ziyrak mahluq. Erkagining uch-to‘rtta kanizaklari bo‘ladi. Juftlarini begonalardan qo‘riqlaydi. Bolalariga mehribon.
Xonlarning saroyida saqlanishi masalasiga kelsak, maymun asosan u yerdagi taomlarga nazoratchi vazifasida bo‘lgan. Maymun ovqatda zahar bor-yo‘qligini bilgan. Agar olampanohning taomiga zahar solingan bo‘lsa, maymun uyoqdan bu yoqqa sakrab chinqirar ekan. Shundan so‘ng pishirilgan taom tekshiriladi. Va tabiiyki, undan zahar chiqadi. Keyin esa shohanshohning oshpazi-yu boshqa nadimlari dorga osiladi.
U yerda maymun saqlanishining yana bir nozik tomoni ham bor. Bilasiz, podshoning haramida xotinlaridan tashqari, ko‘ngil yetgunicha kanizaklar ham bo‘ladi. Odamning olasi ichida. Bu yerda oyimchalardan tashqari, xos xizmatkorlar, cho‘ri navkarlar ham ul-bul ishlarni bajarib yurishadi.
Erkak-urg‘ochining bir-biriga ishi, nigohi tushadi. Ko‘zlar suziladi. Munosobatlar shakllanadi. Voqealar rivoj topadi. Oxir-oqibat ularning yurish turishidan atrof-tevarak xabardor bo‘ladi. Uni kimdir podshoning qulog‘iga shipshitadi. Shunda olampanoh aybdorlarning erkagini sherning, urg‘ochisini esa maymunning oldiga tashlattiradi... Xullas, ikkalasi ham o‘z ajali bilan o‘lmaydi.
-E, unaqalarni toshbo‘ron qilardi yoki bo‘lmasa qopga solib minoradan ham tashlagan-ku! – deydi Eshqobil.
-Unday ham qilgan. Lekin maymun usulida manjalaqi g‘unajin azobini ko‘rgan, - deydi Orolboy.
-Hozir zamon boshqa, Orolboy. Undaylarni toshbo‘ron ham qilolmaysiz. Maymunga ham, sherga ham yem qilib bo‘lmaydi. Ular ancha makkor, quv. Qo‘lga tushirish oson emas. Mana ko‘z o‘ngimizda undaylar kayfini surib yuribdi. Hech kim pishagini pisht demaydi. Biroq oxiri yomon bo‘ladi, - deydi Eshqobil.
-Eshqobil, bu deyman, unaqalardan biri bizlarga yaqinroq deyishadi. Siz ham eshitgan chiqarsiz, - deya Orolboy yalingansimon qaraydi.
-Bilmadim, undaylardan xabarim yo‘q, - deydi Eshqobil.
-Hozirgina undaylar kayfini surib yuribdi dedingiz-ku. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Eshqobil siz ham begona emassiz. Dard madda olmasdan turib davolagan ma’qul. Agar juda bo‘lmasa, kesib tashlagan ma’qul, - deydi Orolboy.
-Tushunmadim, lekin oxirgisi ma’qul bo‘ldi, - deydi Eshqobil hushyorlikni qo‘ldan bermay.
-Sizga nima ma’qul tushdi. Axir hammasidan xabardorsiz-ku! – deydi Orolboy sirligina.
-Kesib tashlagani ma’qul. U yomon dard, yana qaytalashi mumkin. Undan keyin qilgan tavallolar bir pul, - deydi Eshqobil.
-O‘rtada bolalar bor-ku! Uvol bo‘ladi. Keyin katta mashmasha. Or-nomus deganday, - deya Orolboy ovozini pasaytiradi.
-Ey, Orolboy itdan bo‘lgan qurbonlikka yaramas, deydi. Bunaqalarning mingtasi bo‘lsayam barining bahridan o‘tish kerak. Ana shunda or-nomus tiklanadi. Men ukamga achinaman. Gulday umri o‘tib boryapti. U bechora ham sezinsa kerak, - deydi Eshqobil.
-Unisini bilmadimu lekin tevarakda uzun quloq gaplar urchib yuribdi. Odamlar bizni xuddi qo‘li bilan ko‘rsatayotgandek bo‘ladi. Boshimiz egik, Eshqobil, - deydi Orolboy.
-Begona erkakning yoqasini hidlagan ayol yana qaytib bu ishni takrorlamaydi, deb hech kim kafil bo‘la olmaydi. Unga birovning bas kelishi ham qiyin. O‘zini bilgan odam undaylardan nari yuradi. Tezagi tillodan bo‘lsayam ukaga aytish kerak. Javobini bersin. Yo‘qsa, urug‘ning sha’niga isnod. Haliyam kech emas, -deydi Eshqobil.
-Erkakning jur’ati yetarmikan? Balki u meni ichiqora, birovni ko‘rolmaydigan, ro‘zg‘orbuzuvchi deb haydab solar? – deydi Orolboy.
-Uka. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Hammaning og‘zida shu gap. Mana men kafil. Vaqt borida etakni yopish kerak. Gavharni toshga urmaylik, - deya yolvoradi Eshqobil.
Poda qaytar mahali ikkalasi ham uylariga qarab yo‘l olishdi. Orolboyning asablari qaqshardi. Eshqobilning oldida uyatdan yerga kirgudek bo‘ldi. Lab-lunji, qo‘llari qaltiradi. Hovliga kirdi-yu qo‘y-mollarining oxuriga xashakdan shoshib tashladi-da, hovliqib akasinikiga keldi.
U Nazrga eshitgan bor gap-so‘zlarni aytdi. Malomat qilmadi. Aka-uka yerga qarashdi. Ular jimgina, so‘z aytmasdan xayrlashdi. Uka o‘z uyiga qarab ketdi. Nazr esa qishloq oralab to‘g‘ri Eldor ovchinikiga keldi. Undan qo‘shotar miltig‘ini oldi.
Kechasi, bemahalda tunni qo‘shotarning ovozi buzdi...
Ertalab jarchi janozaga odamlarni chorladi.
Nazr Hosiyatni yerga qo‘ydi. Ma’rakalarini o‘tkazdi. So‘ng mahkamaga ketdi...


Tashriflar: 547

  Mulohaza kiriting
RSS comments

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
« Oldingi   Keyingi »
Yangi kiritilgan asarlar
Eng ko'p o'qilgan asarlar

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa