Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Asqad Muxtor (1920-1997)

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Ko'zni ayollarga tikishdan va ularni tomosha qilishdan tiymoq kerak. Aqlning so'nishiga, hayo pardasini yirtilishiga va eng muhimi ibodatning "mazasi" yo'qolishiga asosiy sabab shudir.
Muhammad Nurulloh Saydo Jazariy
 
 

Asqad Muxtor (1920-1997) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

Atoqli shoir, nosir va dramaturg Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan. U 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘zbekiston Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U «Yosh leninchi» (1945), so‘ngra «Qizil O‘zbekiston» gazetalarining muharririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960—1965), O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnaliga, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga muharrirlik qildi.

Asqad Muxtor «Tilak», «Tong edi», «Totli damlar» singari ilk she’rlari (1935—1938)da she’riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she’riyatga «Qalbga qanot», «Dardga davo» beruvchi deb qaraydi. Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan «G‘alaba ishonchi», «Jangchining bayram kechasi», «Tug‘ishganlar qaytdi», «Sog‘inish» singari qator she’riy asarlarini yaratib, xalqni fashist bosqinchilariga qarshi kurashga undaydi. Vatan go‘zalliklarini, tuganmas boyliklarini, xalq hayotidagi katta o‘zgarishlarni tasvirlovchi «Po‘lat quyuvchi» (1947), «Hamshaharlarim» (1949), «Rahmat, mehribonim» (1954), «Chin yurakdan» (1956) she’riy kitoblarini yozadi.

Asqad Muxtor «Mardlik cho‘qqisi» (1948), «Yaxshilikka yaxshilik» (1949), «Samandar» kabi pesalar ham yozgan. Yozuvchining «Daryolar tutashgan joyda» (1950), «Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Buxoroning jin ko‘chalari» kabi qissalarida, «Opa-singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1963), «Davr mening taqdirimda» (1964), «Chinor» (1973), «Amu» kabi romanlarida zamonamizning muhim muammolari o‘z ifodasini topgan.

«Chin yurakdan» (1956) she’riy kitobi, «Hayotga chaqiriq» (1956), «Dunyo bolalari» (1962) hikoyalar to‘plamlari o‘zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitgan.

Shoirning «99 miniatyura», «Karvon qo‘ng‘irog‘i» she’riy kitoblari 60—70- yillar o‘zbek she’riyatida katta voqea bo‘lgan. Ularda inson qalbining toblanishlari chuqur intellektual his-tuyg‘u vositasida talqin etilgan.

Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, M. Gorkiy, T. Shevchenko, Blok, Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylangan.

Asqad Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati tarakqiyotiga katta hissa qo‘shgan. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980), Hamza nomidagi respublika Davlat mukofotiga  (1972) sazovor bo‘lgan. «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1995).

1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89428091

Yandex