Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Mirmuhsin (1921-2005)

26.04.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.
• Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir.
Amerika maqollari
 
 

Mirmuhsin (1921-2005) Chop etish uchun E-mailga yuborish
http://www.ziyouz.com/rasmlar/poets/mirmuhsin.jpgMirmuhsin 1921 yil 3 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). Ilk dostoni — «Qamar» (1938). «Vafo» (1944), «Qadrdon do‘stlar» (1948), «Irmoqlar» (1959), «Qalb va falsafa» (1960), «She’rlar» (1964) va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Birinchi o‘zbek she’riy romani «Ziyod va Adiba» (1954) Mirmuhrin qalamiga mansub. Dastlabki nasriy qissasi — «Jamila» (1956). «Oq marmar» (1957), «Cho‘ri» (1962), «Tungi chaqmoqlar» (1964), «Arab hikoyalari» (1960), «Chodrali ayol» (1979) qissalari, «Umid», «Chiniqish» (1969), «Degrez o‘g‘li» (1972), «Chotqol yo‘lbarsi» (1977), «Me’mor» (1974), «Ildizlar va yaproqlar» (1982), «Temur Malik» (1986), «Ilon o‘chi» (1995), «Turon malikasi» (1997) kabi romanlar muallifi. Bolalar uchun ham ko‘plab she’r va dostonlar, hikoyalar yozgan («Sheralining mardligi», «Ovchi bolalar», «Luqmon va O‘roqboy va boshqalar).
Yozuvchi 2005 yil Toshkent shahrida vafot etgan.
Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1974), «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).


SEVGI XATI

Mag‘rur o‘sgan sahro qushidek
Qalb bo‘ysunmas, edi yovvoyi...
Go‘daklarning shirin tushidek
Kular edim, yo‘qdi parvoyim.

Sen, azizam, boqding ko‘zimga,
Qo‘llaring-la tutding qo‘limni.
Ishonmadim o‘zim o‘zimga,
Tutash qoshlar to‘sdi yo‘limni.

To‘g‘ri, juda sog‘indim, ozdim,
Seni o‘ylab yurdim erta-kech.
Sirimni fosh etsam ham yozdim,
Yozmasligim mumkinmasdi hech!

Men ishlayman uyqusiz... Oppoq
Qog‘oz uzra dil yonar tunlar.
O‘y suraman, burqadi qaynoq
Yuragimdan ohu tutunlar.

Bilsam, yozgan qissamning o‘zim
Qahramoni bo‘lib qolibman.
Sen, azizam, qalbni zabt etib,
Unga so‘nmas otash solibsan.

Sevgi kelmas, sevgi tug‘ilar,
U tug‘ildi. U bor. U tirik!
U yashaydi, shirin tuyg‘ular
Otash qalbga quvvatu tirak.

Sevib qoldim seni jondan ortiq,
Sen do‘st, faqat emassan bir gul...
Men sevgimdan qaytsam, bu yurak
Bir qorako‘l qo‘zichoq kabi
Ko‘z ochmasdan ketgani ma’qul!


PALOV
(Xalq yo‘lida)

El obod, to‘kin-sochin, go‘sht-yog‘ arzon,
Qirdagi bo‘rdoqilar chopar larzon,
To‘yda biq-biq...qaynasin katta qozon.
Palov aslin so‘rsang — olis yaylov.

Ishingda quvvat berar to‘yib yesang,
Yoqtirmas, ishni yo‘lda qo‘yib yesang,
Botmaydi o‘g‘irlabu o‘yib yesang.
Palovlarning palovi—qazi palov.

Palov uchun yashab, qo‘ymagin bino,
Yashash uchun palov yegin doimo!
Ming dardga davo debdi Ibn Sino,
Palovni palov qilgan otash — olov.

Palovsherni yeysan so‘ngra — sher kelar.
Tog‘ni talqon qilgan botir er kelar,
Peshonangdan miltir-miltir ter kelar,
Palovlarning ustasi Ali mo‘ylov.

Ishlamasdan yotib yesang singmaydi,
«Yuzta-yuzta» otib yesang singmaydi.
Xasis bo‘lib, qotib yesang singmaydi,
Qalampirlik zo‘r palov senga siylov.

O‘zga, uzoq zllarda kezdim bir yoz,
Ziyofatu bazmlar bo‘lmadi oz...
Lekin hamma yerda o‘zing beqiyos —
Turkman, o‘zbek palovi — ilik palov.


ARMON...

Yetdi unga hayot bilan vidolashmoq fursati,
U endi yotar holsiz, yaqinlashar so‘nggi dam.
Ikki so‘z deya oldi ko‘k shishani ko‘rsatib:
«Ichmasdim va chekmasdim dunyoda tirik qolsam...»
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 78426756

Yandex