OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Javoharlal Neru (1889.14.11, Ollohobod — 1964.27.5, Dehli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Milliy ozodlik kurashida M. Gandining safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947 y.gacha) ta’qib qilingan. 10 yildan ortiq umri qamoqda o‘tgan.
Tarixda «Yangi Hindiston bunyodkori» nomi bilan mashhur. Javoharlal Neru 1947 yil 15 avgustda Dehlidagi mashhur Nal Qal’ada Hindiston milliy mustaqillikni qo‘lga kiritganligini e’lon qilgan. Hindiston Respublikasi bosh vaziri va tashki ishlar vaziri (1947 yildan).
Javoharlal Neru rahbarligida Hindiston xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Neru Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik ko‘rsatdi. Uning mustamlakachilik, irqchillikka qarshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qo‘yish, xalqlar o‘rtasida tenglik, do‘stlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Nerk qo‘shilmaslik siyosatini yaratdi. 1947 yilda harbiy bloklarga qo‘shilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan bo‘lsa, hozir qo‘shilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamlakatlari ishtirok etmoqda.
Javoharlal Neru 1955 va 1961 yilda qizi Indira Gandi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zbek xalqining turmushi, hayoti, tarixi bilan yaqindan tanishgan. Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi» asarida yurtdoshimiz Bobur va uning nabirasi Akbar haqida bunday deydi: «Bobur dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko‘rardi. Uning nabirasi Akbar yana ham dilbarroq bo‘lib, ko‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan».

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.