Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Mashrab Boboyev (1941)

12.07.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Ehtiyojlari uchun past kelmagan inson buyukdir.
Lideri
 
 

Mashrab Boboyev (1941) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari
MASHRAB BOBOYEV
(1941)

Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali ijod sohibi ekanligi bilan farqlanib turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir. Ayni paytda hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg ham.

U 1941 yili Samarqand viloyatishgag Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi, keyin esa kutubxonachi bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda madaniy-oqartuv bilim yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi. Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman, viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z faoliyatini davom ettiradi. Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’.G’ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir va dramaturg Mashrab Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda.

Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Uning «Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi. So‘ngra «Bahor kayfiyati» (1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov» (1984), «Men bilgan sir» (1991) kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor sevgi-muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib kuylaydi.

Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975) kabi qiziqarli she’riy majmua ham yaratgan.

Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer tomiri» (1979), «Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985), «Mushkul savdo» (1989) kabi pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu p’esalarni «Qani, mening yulduzim» (1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori «Iroda» (1986) nomli telespektakl, «Sevgi nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) telebaletining ham muallifidir.

U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M. Bsisuning «Tashrif qog‘ozi” (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab Boboev ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z ovoziga ega adiblar sirasiga kiradi.
 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 89428382

Yandex