OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Epikur milloddan avvalgi 341-270 yillarda Afinaning Samos orolida yashab ijod etgan qadimgi yunon faylasufi hamda epikurianizm falsafa maktabining asoschisidir.
Epikurianizm ta’limotiga ko‘ra, falsafa insonga baxtga erishish, osuda hayotni qo‘lga kiritish, tinch hamda erkin bo‘lish, og‘riqlardan qutilish va qadrdon do‘stlar davrasida o‘z hayotidan qoniqib yashashi uchun yo‘llanmadir. Epikurning qayd etishicha, huzur-halovat va dard ezgulik hamda yovuzlikni aniqlashdagi o‘lchovlar hisoblanadi. O‘lim tana hamda qalb harakatining nihoyasidir. Insonning erishgan yutuqlari yoki uning boshiga yog‘iladigan balolarning xudoga daxli yo‘q. Bular inson harakatining oqibatidir. Borliq – nihoyasiz va abadiydir. Olamda sodir bo‘lguvchi voqealar bo‘sh makondagi atomlarning o‘zaro ta’siri hamda harakatiga bog‘liq.
Epikurning qarashlari o‘sha zamon olimlarining u qadar diqqatini tortmagan. Ayniqsa, Demokrit uning fikrlariga shubha bilan qaragan. Boisi, determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlari haqidagi materialistik ta’limot) borasidagi bir qator keskin mulohazalari Demokritnikidan farq qilgan.
Epikur asos solgan maktab kichkina bo‘lsa ham, bu maktab rivoji uchun u butun umrini bag‘ishlagan.
Epikurning uchtagina xati to‘liq holda, Diogenning “Mashhur faylasuflar” asari hamda Vatikan kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar orqali, shuningdek, uning papirusga yozilgan “Tabiat xususida” nomli asaridan bir nechta parchalar bizgacha yetib kelgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.