OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Otaga qilganing bolangdan qaytadi

Bir yigit o‘z otasini hakorat qilib urganini ko‘rgan odamlar nafratlanib, u adabsiz o‘g‘ilga hujum qilmoqchi bo‘ldilar. Yigitning otasi odamlarni to‘xtatib:
— Birodarlar, o‘g‘limga hujum qilmang, bu ishda o‘g‘lim emas, o‘zim aybdorman. Yigitlik vaqtimda kunlardan bir kun xuddi mana shu yerda otamni haqorat qilib urgan edim. Otamga qilgan adabsizligim jazosini endi ko‘rib turibman, otamga qanday muomala qilgan bo‘lsam, bugun o‘shanday muomala o‘z o‘g‘limdan qaytdi. Nimani eksang, shuni o‘rasan, deb juda to‘g‘ri aytganlar. Men ota-onamni hurmat qilmadim, dillarini og‘ritdim, u muborak zotlar mendan norozi bo‘lib ketdilar, endi o‘g‘lim aybdor emas, birodarlar, ayb o‘zimda,— deb o‘ksinib-o‘ksinib yig‘ladi.
Yigit otasining so‘zlaridan ta’sirlanib, dod-faryod qilib ko‘z yoshlarini to‘kdi. Darhol otasini quchoqlab, o‘pib, undan uzr so‘radi. Ota emasmi, u ham o‘g‘lining gunohini kechirdi, uning ko‘z yoshlarini artib, quchog‘iga olib erkaladi. Bu voqeaning guvohi bo‘lgan xalq ham ta’sirlanib, ko‘zlariga yosh oldilar.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.