OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Alihasan Shirvonli

O‘ZBEK DO‘STIMGA

Gullarga burkanar cho‘llar har yoni...
Mevali bog‘laring bilmas nihoya.
Kiyintirmoq uchun butun dunyoni,
Sen ekkan paxtaning o‘zi kifoya.
Sakkokiy yangratdi she’riy san’atni,
Qalamidan uchdi o‘tli g‘azallar.
Lutfiy hayron etdi bashariyatni,
Ellar har so‘zini anglar bir gavhar.
Navoiy yuksaldi tog‘ kabi baland,
Buyuk Fuzuliymiz oldi undan dars.
Biz “Muhokamatul lug‘atayn” bilan
Doim faxr etamiz, qilamiz havas...
Neki orzu qilsang ushalar bari,
Quyoshni yoqarsan yurak qo‘ridan.
Buyuk Navoiyning inju so‘zlari,
Manguga joy olgan qalbing to‘ridan.
Sen o‘sgan tuproqqa oshnoman men ham,
Unga tomon boshlar do‘stlik yo‘llari.
O‘zbek do‘stim, seni bag‘rimga olsam,
Hazarning ustidan yetar qo‘llarim.

Ozarbayjonchadan Nosir Muhammad tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.