OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Erkin Yusupov (1929-2003)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/erkin_yusupov.jpgErkin Yusupov (1929.15.3, Quva shahri — 2003.5.8, Toshkent) — faylasuf olim. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1979), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1979), Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1991; 1987 yildan SSSR Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi), falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966).

O‘rta Osiyo universitetining tarix fakulteti mantiq va psixologiya bo‘limini tugatgan (1951). Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasida katta o‘qituvchi (1954—58), kafedra mudiri (1958—72). O‘zbekiston KP MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktori (1972—79). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ning vitse-prezidenti (1979-90). ToshDU rektori (1990-92), respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazining rahbari (1994-95). ToshDU gumanitar fanlar falsafa kafedrasining mudiri (1995-97). 1997 yildan ToshDU falsafa kafedrasi professori bo‘lib ishlagan.

Erkin Yusupov respublikada ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shdi. Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq, tarix, siyosatshunoslik, ma’naviyat, mafkura masalalariga bag‘ishlangan.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).

“Yoshlarning ma’naviy kamoloti” (1995), “Odamiylik saboqlari” (hammualliflikda, 1997), “Falsafa” (darslik; hammualliflikda, 2000), “Ma’naviy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyati” (hammualliflikda, 2003) kabi kitoblari chop etilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.