OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Laziz Qayumov (1930-2004)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/laziz_qayumov.jpgLaziz Qayumov (1930.23.4, Qo‘qon - 2004.11.1, Toshkent) — adabiyotshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965). Azizxon Qayumovning ukasi.

O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda o‘qituvchi (1953—56), dotsent (1956—65), dekan (1960—62), SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasining mudiri (1963—85; 1988 yildan), «O‘zbekiston madaniyati» (1962—81), «Sovet O‘zbekistoni» (1984—88) gazetalarining bosh muharriri bo‘lib ishlagan. Uning rahbarligida 20 dan ziyod fan nomzodlari va doktorlari yetishib chiqdi.

Hamza ijodiga bag‘ishlangan «Inqilob kuychisi» (Hamza Hakimzoda biografiyasi) (1962), «Inqilob va ijod» (1964), «Inqilobiy drama» (1970), «Hamza» (1973, 1989) kitoblari nashr etilgan. «Shoira Zulfiya» (1965, 1975) «Olmos iste’dod» (1965), «Zamondoshlar» (1972), «Asr va nasr» (1975) va boshqalar asarlarida adabiyotshunoslik va o‘zbek adabiyotiga oid muammolar ochib berilgan.

«O‘qituvchi» (1954), «Gulistoning sening», «Mehri daryo» (1975) voqeiy hikoyalar va «Meridiandagi uchrashuvlar» (1976) publitsistik maqolalar to‘plamlari ham bor. «Barhayot Hamza» (1967), «Hamza teatri» (1968), «Farzandingman, O‘zbekiston!», «Gul sayli» (1972) kabi hujjatli filmlar stsenariysi muallifi.

Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.