OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Isroil Mirzayev (1938-2006)

Taniqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, Samarqand davlat universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Isroil Mirzayev 1938 yilning 8 yanvarida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Po‘loti qishlog‘ida tavallud topgan. 1960 yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini bitirgan. 1960-1965 yillarda Samarqand viloyat ro‘znomasida adabiy xodim va bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan. 1966-1970 yillarda Samarqand davlat universiteti aspiranturasida tahsil ko‘rgan. Shundan keyingi butun hayotini mazkur universitetning o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, prorektori va professori sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatga bag‘ishlagan.

Isroil Mirzayevning dastlabki kitobi — “Rahmat Fayziy” adabiy portreti 1970 yilda nashr etilgan edi. Shundan buyon o‘tgan sermahsul ilmiy faoliyat mobaynida olimning “Ijodkor baxti”, “Mehnat insonni sharaflaydi”, “Voqelikning badiiy tadqiqi”, “Ijodkor burchi”, “Adabiyot va davr dardi”, “Nasrimiz badiiy olami”, “Adabiyot va tabiat” kabi jami o‘ndan ortiq kitoblari nashr etilgan.

Isroil Mirzayev 2002 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.