OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Safar Barnoyev (1938-2001)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/safar_barnoyev.jpgSafar Barnoyev 1938 yil 6 mayda Buxoro yaqinidagi Dilkusho qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini tugatgan (1966).

«Yosh gvardiya» (hozirgi «Kamalak») nashriyotida, Respublika Yozuvchilari uyushmasida, Xalq ta’limi vazirligida, «Gulxan» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlagan.

Uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Tog‘damen» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng uning «Birinchi tabassum» (1972), «Dadamning qo‘llari» (1974), «Sog‘inch» (1975), «Yulduzxon va Bahorjon» (1977), «Soldat qaytgan kun» (1979), «Oq laylaklar» (1982), «Egizaklar» (1985), «Mukofot» (1983), «Tinchlikni ulug‘laymiz» (1986), «Dadam haqida qo‘shiq» (1989), «Karimjon — karmon» (1988), «Belыe aistы» (1990) kabi o‘nlab she’riy, nasriy asarlari chop etildi. Bularning ko‘plari rus, ukrain, belorus, latish, moldovan, polyak, chex, arman, ozor, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va qoraqalpoq tillariga ham tarjima qilingan.

Safar Barnoyev o‘zining «Tinchlikni ulug‘laymiz» kitobi uchun G‘afur G‘ulom mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.